Dag‘al dispers sistemalar


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana09.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1467188
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yuqorimolekular birikmalar eritmalarining hossalari

molekulyar
eritma
zol


 
 YuMM 
eritmalarining 
qovushqoqligi. 
Eritmalarning 
qovushqoqligi – bu eritma molekulalarining ichki ishqalanish kuchini 
baholovchi kattalikdir. Bu kattalik eritma tarkibini tashkil qiluvchi 
moddalar bir biriga nisbatan qaysi darajada erkin harakatlanayotganini 
kо‘rsatadi.  
Agregativ barqarorlikka ega suyultirilgan dispers sistemalarda 
(chin eritmalarda) zarrachalar harakati mutlaqo erkin bо‘ladi, bu 
degani ular ma’lum strukturaga ega bо‘lmaydi. Umuman 
qovushqoqlikka ega bо‘lmagan sistemalar bо‘lmaydi. Barcha eritmalar 
qanchadir darajada bо‘lsa ham qovushqoqlikka egaligini I.Nyuton 
о‘rgangan va bunday sistemalar Nyuton sistemalari deyiladi. Ularning 
qovushqoqligi Eynshteyn qonuni bilan tushintiriladi: Dispers 
sistemaning (zol, suspenziya) qovushqoqligi dispers faza miqdori 
oshishi bilan ortadi. Strukturalashgan kolloid sistemalar Eynshteyn 
qonuniga bо‘ysinmaydi. Ularning qovushqoqligi Eynshteyn qonuniga 
bо‘ysinmasdan, dispers faza zarrachalari ortishidan ilgarilab ketadi. 
YuMM eritmalari ham Nyuton suyuqliklari qatoriga kirmaydi. Qon
ham kolloid eritma boʻlganlligi uchun Nyuton suyuqliklari qatoriga 
kirmaydi. 
Qonning yana bir asosiy kо‘rsatkichlaridan biri – bu uning 
suyuqlik (oquvchanlik) darajasidir. Suyuqliklarning oquvchanligi bilan 
bog‘liq xossalarini fizikaning reologiya degan sohasi о‘rganadi. 
Reologiya – (grekcha rheos - oqim va logos – о‘rganish) ya’ni 
moddalar eritmalarida deformatsiyalanish va qovushqoqlikni, shu 
qatorda ularning elastikligi, plastikligini о‘rganishdir. 
Dispers sistemaning tuzilishi va reologik xossalarini о‘rganishdagi 
asosiy omillar – bu dispers faza zarrachalari konsentratsiyasi va 
zarrachalar ta’sirlashuvi energiyasi.  
QonNyuton suyuqligi emas deb ta’kidladik. U shakliy 
elementlarning suyuqlikda ya’ni plazmadagi strukturalashtirilgan 
eritmasi. Shakliy elementlarning asosiy qismi eritrotsitlar bо‘lgani 
uchun, qon – bu eritrotsitlarning fiziologik eritmadagi suspenziyasidir. 
Eritrotsitlarning asosiy xususiyatlaridan biri – bu ularning agregatlar 
hosil qilishga intilishi. Shuning uchun qonning qovushqoqligi ancha 
yuqori qiymatlarga ega. Yо‘g‘on tomirlarda qonning qovushqoqligi 
oddiy holatda η
qon
= (4.2-6) ∙ η
suv
; anemiyada η
anem 
= (2-3) ∙ η
suv

politsitemiyada η
pol
= (15-20) ∙ η
suv
. Plazmada η
pl
=1.2 ∙ η
suv
. Suv uchun 


η
suv
= 0,01Puaz (1 Puaz = 0,1 Pa ∙ s). Harorat pasayishi bilan har qanday 
suyuqlikning qovushqoqligi oshadi. Qonning qovushqoqligi harorat 37
o
dan 17
o
gacha pasayganda 10% ga oshadi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling