Dag‘al dispers sistemalar


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana09.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1467188
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yuqorimolekular birikmalar eritmalarining hossalari

S
оlyubilizatsiya 
jarayonining sxemasi 
 
 


Polimerning yaxshi erituvchida erigan suyultirilgan eritmasi kichik 
molekulyar massaga ega bо‘lib, gomogen molekulyar eritmani hosil 
qiladi. Polimer makromolekulalarining konsentratsiyasini ortishi uni 
yoki globulaga oʻralishiga yoki, yoki bir nechta makromolekulalardan 
agregat hosil bо‘lishiga olib keladi. Bu jarayonning ikkilasi ham yangi 
faza, ya’ni mitsellalar hosil bо‘lishiga olib keladi. Polimerlar eritmada 
mitsellalar holatida bо‘ladi, va shuning uchun oddiy zol xususiyatini 
namoyon qiladi. Bunday zolning agregativ barqarorligi, mitsella hosil 
bо‘lishida polimerning qutbli va qutbsiz guruhlari makromolekula – 
muhit chegarasida ma’lum tartibda joylashishidadir. Shuning hisobiga 
mitsella atrofida solvat qobiq hosil bо‘ladi. Bu jarayon sirt faol 
moddalardan mitsella hosil bо‘lishiga о‘xshab ketadi. Shunday qilib, 
YUMB larning eritmalarida makromolekulalar va ular agregatlari 
mitsellalar о‘rtasida SFM lar eritmasidagidek muvozanat qaror topadi: 
m YUMB (YUMB)m 
 
 
 
 
 
YuMB eritmalarining xossalari. Oddiy sharoitda YuMBlar 
eritmalari, 
о‘zining xususiyatlariga kо‘ra kolloid eritmalarga 
yaqinlashadi va ularni termodinamik barqaror liofil kolloid sistemalar 
sifatida kо‘rish mumkin. Ularning zarrachalari kattaligi kolloidlarning 
disperslik darajasiga (10
-6
-10
-7
sm) tо‘g‘ri keladi. Bu zarrachalar zol 
zarrachasiga о‘xshab dializda yarimо‘tkazgich membrana bilan ushlanib 
qoladi, diffuziya tezligi past, ba’zi tashqi ta’sirlar ostida koagullanib 
ham qoladi. Erish jarayoni esa chin eritmalar hosil bо‘lish mexanizmi 
bо‘yicha borib termodinamik barqaror sistema hosil bо‘ladi. Shuning 
uchun, yuqorimolekulyar moddalarni kolloid va chin eritmalar 
о‘rtasidaga oraliq holat deb ham ta’riflash mumkin. 
Oqsillar, nuklein kislotalar, polisaxaridlar organizmning tuzilish 
birliklari bо‘lib, yuqorimolekulyar moddalarning barcha xususiyatlariga 
ega bо‘ladi. Shuning uchun ularni о‘rganishda YuMB larning barcha 
xossalariga asoslanish zarur. Bu ularning eritma hosil qilishda bо‘kishi, 
eritmalarining qovushqoqligi, tuzlanishi, jele hosil qilishi, koatservantlar 
hosil qilishi va boshqalardir.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling