Dariy tilida ortirma nisbat


Download 136 Kb.
bet5/10
Sana23.12.2022
Hajmi136 Kb.
#1048525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abduraximov Asror

Orttirma nisbat
فعل اجبار fe’l-e ejbâr
Orttirma nisbatda bajaruvchi o‘z harakatini boshqa bajaruvchining ta’siri natijasida bajarishi ifodalanadi. Dariy tilida fe’lning orttirma nisbati hozirgi zamon va (-t ga tugallangan bo‘lsa) o‘tgan zamon fe’l negiziga ان -ân infiksini va دن-dan, یدن -idan suffikslarini /morfemalarini/ qo‘shish bilan yasaladi. Mazkur nisbat ham o‘timli, ham o‘timsiz fe’llardan yasalishi mumkin.12
Orttirma nisbat o‘timsiz fe’llarni o‘timliga aylantiradi: گذشتن gozaštan ‘o‘tmoq’– گذراندن gozarândan ‘o‘tkazmoq’, گشتن gaštan ‘aylanmoq’ –گشتاندن gaštândan yoki گرداندنgardândan ‘aylantirmoq’ kabi. O‘timli fe’llardan orttirma nisbat yasalganda, ish-harakatni sub’ektga bajartirish, bajarishga majbur qilish kabi ma’nolar ifodalanadi: خوردن xordan ‘yemoq’ – خوراندن xorândan ‘yedirmoq’, پوشیدن pôšidan ‘kiymoq’ – پوشاندن pôšândan ‘kiygizmoq’, فهمیدن fahmidan ‘tushunmoq’ – فهماندن fahmândan ‘tushuntirmoq’, ‘uqtirmoq’ kabi.Orttirma nisbat formasi qo‘llanganda, harakat bajaruvchisi shu forma orqali ifodalangan shaxsning o‘zi bo‘ladi. (Bunda bosh daraja formasi bildirgan harakatning kim bajarishi nazarda tutilmaydi.Shuning uchun ham juda ko‘p hollarda bu shaxs ifodalanmaydi.13

1.3 Nisbat shakllari uslubiyoti.


Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari nisbat shakllari sanaladi. Masalan, supurdi fe’lida supurish harakatini bajaruvchi shaxs aniq, supurildi fe’lida,noaniq, supurishdi fe’lida birdan ortiq, supurtirdi fe’lida esa harakat boshqa shaxs vositasida bajarilgani ifodalangan. Esda saqlang: O’zbek tilida Nisbat shakllari fe’lning asos qismidan keyin qo‘shiladi. Fe’l 5 ta nisbat shakliga ega: 1) aniq nisbat; 2) o‘zlik nisbati;3) orttirma nisbat; 4) majhul nisbat; 5) birgalik nisbati Aniq nisbat. Bajaruvchisi aniq boigan harakat yoki holatni bildirgan fe’l shakli aniq nisbat deyiladi. 0 ‘zlik nisbat. Bajaruvchining o‘zi ustida amalga oshadigan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe’l shakli o‘zlik nisbati deyiladi. 0 ‘zlik nisbatdagi fe’llar, asosan, o‘timli fe’llarning unli bilan tugagan negiziga -n, -I undosh bilan tugagan negiziga -in, -il qo'shimchalarini qo‘shish bilan hosil qilinadi (bir-ikkita fe’lda -(i)sh qo‘shimchasi bilanyasalish bor: kerishdi, joylashdi): tarandi, sevindi, sudraldi. Jonlanmoq, odatlanmoq, harakatlanmoq, quvonmoq, seskanmoq, faxrlanmoq, zavqlanmoq, otlanmoq, afsuslanmoq fe’llari tarkibida ko‘rsatkichi mavjudligiga qaramasdan, bu14 fe’llar aniqlik nisbatida hisoblanadi, chunki ular tarkibidagi -n qo‘shimchasi ajratilmaydi.15
Yayra, qichqir, tala, bor kabi fe’llardan o‘zlik nisbat yasalmaydi. Majhul nisbat. Bajaruvchisi noma’lum bo‘lgan harakat yoki holatniifodalovchi fe’l shakli majhul isbat deyiladi. Majhul holatniifodalovchi fe’l shakli majhul nisbat deyiladi. Majhul nisbatdagi fe’llar, asosan, o‘timli fe’llarning unli bilan tugagan negiziga -n, -1, undosh bilan tugagan negiziga -in, -il qo‘shimchalarini qo‘shish bilan hosil qilinadi.Majhul va o‘zlik nisbatdagi fe’llar bir xil, lekin ular harakat yoki holatning bajaruvchisini aniq bildirishi-bildirmasligi bilan farq qiladi.Ularning qaysi nisbatdaligi gap mazmunidan yoki fe’ldan oldin o‘zi so‘zini keltirib ko‘rish bilan aniqlanadi.16


Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling