Dariy tilida ortirma nisbat
Download 136 Kb.
|
Abduraximov Asror
Majhul nisbat
فعل مجهول fe’l-e majhul Bu nisbat yordamida o‘timli fe’llarda haqiqiy ob’ekt vazifasidagi so‘z grammatik jihatdan ega vazifasini o‘z zimmasiga olgani ko‘rsatiladi, bunda sub’ekt ma’nosi 10 ifodalanmay, yashirin holatda bo‘ladi. Dariy tilida fe’lning majhul nisbati o‘tgan zamon sifatdoshi va ko‘makchi fe’l شدن šodan ning birikuvidan hosil bo‘ladi: مقاله نوشته شد maqâla nawešta šod ‘Maqola yozildi’ fe’lida maqolani yozgan haqiqiy sub’ekt yashiringan. Aslida «yozish» harakati ob’ektga–maqolaga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak edi, Chunki maqola–ob’ektdir. Biroq maqolani yozgan logik sub’ekt yashiringani sababli logik ob’ekt (maqola) grammatik jihatdan ega vazifasini ham bajarishga o‘tgan. Majhul nisbatdagi fe’llar aniq nisbatdagi fe’llarga xos bo‘lgan hamma zamon va mayllarda ishlatilinadi. Masalan: نوشته میشود naweštamêšawad ‘yoziladi’, نوشته شد nawešta šod ‘yozildi’, نوشته میشد nawešta-mêšod ‘yozilardi’, نوشته خواهد شد nawešta,xâhad šod ‘yozilajak’, نوشتهشود nawešta šawad ‘yozilsa’, نوشته شده است nawešta šoda ast ‘yozilgan’, نوشته شده بود nawešta šoda bud ‘yozilgan edi’ kabi.Kesimi majhul nisbatdagi fe’ldan iborat bo‘lgan gaplarda harakatni bajaruvchi shaxsni ko‘rsatish lozim bo‘lsa, harakatning bajaruvchisi از طرف az taraf-e /tamonidan/, بوسیله ba wasila-ye, به واسطه ba-wâseta-ye, به/ توسط / /ba/ tawassot-e, به/ ذریعه /ba/ zariya-ye (orqali, vositasi bilan) kabi murakkab old ko‘makchilar orqali birikibkeladi. Bu xildagi gaplarda harakat ob’ekti ega vazifasini o‘taydi.Harakat sub’ekti murakkab old ko‘makchi bilan birikib, to‘ldiruvchi vazifasida va majhul nisbatdagi fe’l esa kesim vazifasida keladi :این کتابخانه از طرف کارگران برای محصلین جوان اهدأ شد In ketâbxâna az taraf-e kârgarân barâye mohasselin-e jawân ehdâ šod Bu kutubxona ishchilar tomonidan yosh talabalarga sovg‘a qilindi’. Eslatma. M.N.Neghat Saidiyning yozishicha, klassik adabiyotdaآید âyad, آمد âmad, گردد gardad, گشت gašt, گردید gardid, افتادaftâd kabi fe’l formalari majhul nisbatdagi fe’llar tarkibida ko‘makchi fe’l vazifasida qo‘llanilgan. Masalan : گفته آی gofta âyad ‘aytilsa’, پرداخته آمد pardâxta âmad ‘kirishildi’, ‘boshlandi’, کشته گردد košta gardad ‘o‘ldirilsa’, ‘o‘ldiriladi’,11 مسخر گشت mosaxxar gašt ‘zabt etildi’, گشاده گردید gošâda gardid ‘ochildi’, مذکور افتاد mazkur aftâd ‘qayd etildi’,‘eslatib o‘tildi’. Hozirgi vaqtda ham ulardan ba’zilari yozma adabiyotda ishlatiladi: البته برای اثبات آنچه در بالا گفته آمد، دلایل زیاد موجود است Albatta barâye esbât ânče dar bâlâ gofta âmad, dalâyel-e ziyâd mawjud ast. Download 136 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling