Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Download 1.79 Mb.
bet34/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   111
Bog'liq
9-конспект

Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish. Ko`rildi: O`TIBDO`: _______________


Fan: Biologiya 9A,B- Sinf. Sana :_______________ DARS № 24
Darsning mavzusi: 21- §. Biomolekulalar
Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga Biomolekulalar haqida tushuncha berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar biomolekulalar haqidagi bilimlarni bilishi
Dars turi: A) Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi
Dars uslubi: a) og'zaki b) ko'rgazmali- Darsning usuli: suhbat, bahs
Darsning jihozi: Darslik, ko`rgazma,
DARSNING BORISHI:



Reja asosida dars bosqichlari

Saflangan vaqt

1

Tashkiliy qism, sinfda psixologik iqlim yaratish

5 minut

2

O`tilgan mavzuni so`rash

10 minut

2

Yangi mavzuni bayoni

20 minut

3

Mustahkamlash va baholash

7 minut

4

Uyga vazifa berish

3 minut

Tirik organizmlar hujayrasining o'rtacha 20—30% ini organik birikmalar tashkil qiladi. Ular xilma xil katta va kichik molekular og'irlikka ega bo'lgan moddalar bo'lib, biomolekulalar deb ataladi. Kichik molekulali oddiy organik molekulalar monomerlar deb ataladi. Ko'p sonli monomerlar bir-biri bilan qo'shilib, juda katta molekulalarni hosil qiladi. Ular makromolekula yoki poli-merlar deb ataladi. Barcha tirik organizmlar tarkibida asosan to'rt xil makro-molekulali organik birikmalar: uglevod, oqsil, nuklein kislota va lipidlar uchraydi. Bulardan oqsil, nuklein kislota va uglevodlar biopolimerlar deb ataladi. Chunki ular bir biriga o'xshash tuzilishga ega bo'lgan monopolimer-lardan ya'ni, aminokislota, nukleotid va monosaxaridlardan iboratdir. Lipid­lar bundan istisnodir.


Har bir tirik organizm yuqoridagi monomerlar asosida faqat o'ziga xos bo'lgan biopolimerlarni hosil qilish xususiyatiga ega. Biopolimerlar tirik organizmlarda turli xil vazifalarni bajaradi. Bularni uchta guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh tuzilmalar hosil qiluvchi biopolimerlar bo'lib, polisaxaridlar va ayrim oqsillardan iborat. Ikkinchi guruh biologik funksiyalarni, masalan, katalizatorlik yoki tashish (transport) vazifasini bajaruvchi biopolimerlar bo'lib, ularga asosan oqsillar kiradi. Uchinchi gu­ruh axborot saqlovchi informatsion polimerlar bo'lib, nuklein kislotalar-dan tashkil topgan.
Bulardan eng muhimlari oqsillar va nuklein kislotalardir. Uglevodlar bilan lipidlar hujayrani energiya bilan ta'minlovchi biomolekulalar hisoblanadi. Biomolekulalarning tuzilishi va bajaradigan vazifalariga alohida to'xtaymiz. Ular hayot faoliyatining barcha jarayonlarida hal qiluvchi vazifalarni bajaradi.
Shu bilan birga hujayralarda bir qator kichik molekulali organik mod­dalar — gormon, pigment, shakar, aminokislota, nukleotid va boshqalar uchraydi. Turli tipdagi hujayralar har xil miqdordagi organik birikmalarni saqlaydi. Masalan, o'simlik hujayralarida uglevod ko'p bo'ladi. Hayvon hu-jayralarida aksincha, oqsillar ko'p uchraydi. Hujayraning qaysi tipga mansubligidan qat'iy nazar, undagi organik moddalar o'xshash vazifalarni bajaradi.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling