Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Download 1.79 Mb.
bet37/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   111
Bog'liq
9-конспект

Fan: Biologiya 9A,B- Sinf. Sana :_______________ DARS № 27
Darsning mavzusi: 24- §. Oqsillar. Aminokislotalar
Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga Oqsillar. Aminokislotalar haqida tushuncha berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar oqsillar va aminokislotalar haqidagi bilimlarni bilishi
Dars turi: A) Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi
Dars uslubi: a) og'zaki b) ko'rgazmali Darsning usuli: suhbat, bahs, test Darsning jihozi: Darslik, ko`rgazma, kompyuter
DARSNING BORISHI:



Reja asosida dars bosqichlari

Saflangan vaqt

1

Tashkiliy qism, sinfda psixologik iqlim yaratish

5 minut

2

O`tilgan mavzuni so`rash

10 minut

2

Yangi mavzuni bayoni

20 minut

3

Mustahkamlash va baholash

7 minut

4

Uyga vazifa berish

3 minut

Hujayradagi organik moddalar ichida oqsillar miqdor va ahamiyati jihati-dan birinchi o'rinni egallaydi. Oqsillar yuqori molekulali kolloid birikma bo'lib, aminokislotalardan tashkil topgan. Ular gidroliz qilinsa, aminokislo-talarga parchalanadi. Oqsillarning elementar tarkibi karbon, vodorod, kis-lorod, azot hamda oltingugurtdan iborat. Ularning tarkibida ba'zan fosfor ham uchraydi. Oqsillar tarkibidagi azot miqdori doimiy bo'lib, o'rta hisobda 16 % ni tashkil etadi.




Oqsillar tarkibidagi aminokislotalar




Halqasiz (atsiklik) aminokislotalar

Halqali (siklik) aminokislotalar




l.Glitsin

8. Leysin

15. Fenilalanin.




2. Alanin.

9. Izoleysin.

16. Tirozin.




3. Serin.

10. Treonin

17. Triptofan.




4. Sistein.

11. Lizin.

18. Gistidin.




5. Sistin.

12. Arginin.

19. Prolin.




6. Metionin.

13. Asparagin kislota.

20. Oksiprolin.




7. Valin.

14. Glutamin kislota.












Gemoglobin oqsil molekulasining sxemasi.
Yuqoridagi jadvaldan ko'rinib turibdiki, tabiiy oqsillar tarkibida bir biri-dan farq qiluvchi 20 xil aminokislota uchraydi. Aminokislotalar peptid bog'i orqali o'zaro birikadi va polipeptid zanjirlarni hosil qiladi.Tirik organizmlar tarkibida uchraydigan oqsillar juda ko'p va xilma xil bo'lib, har bir oqsil o'ziga xos aminokislotalar ketma-ketligidan iborat. Oqsil molekulalari ipsi-mon yoki yumaloq shakllarga ega bo'ladi (30- rasm).
Oqsillarning vazifalari. Hujayrada oqsillar turli tuman vazifalarni bajaradi. Bulardan eng muhimi strakturalar (lotincha — tuzilish) hosil qilishdir. Oqsil­lar barcha organoidlar va hujayra membranalarining tuzilishida ishtirok etadi.Oqsillarga xos bo'lgan muhim xususiyatlardan biri katalizatorlik vazifasi-ni bajarishdir. Barcha biologik katalizatoriar ya'ni, fermentlar asosan oqsil tabiatiga ega. Ular anorganik katalizatoriardan farqli ravishda kimyoviy reak-siyalar tezligini o'n ming, hatto yuz ming marotaba oshiradi.
Tirik organizmlarning harakat qilish xususiyati ham qisqaruvchan oqsil­lar ishtirokida sodir bo'ladi. Bu oqsillar hujayra va organizmlar bilan bog'liq barcha harakat turlarida ishtirok etadi.
Oqsillarning tashish (transport) vazifasi ularga xos bo'lgan yana bir muhim xususiyatdir. Masalan, gemoglobin oqsili kislorodni tana organlari va to'qimalariga tashish vazifasini bajaradi. Oqsillar tirik organizmlarda himoya vazifasini ham o'taydi. Organizmga begona modda yoki mikroorga-nizmlar kirsa, leykotsitlar ya'ni, oq qon tanachalari maxsus oqsillar — antitanachalarni ishlab chiqaradi. Ular begona moddalar (antigenlar)ni bog'lab ularni zararsizlantiradi.
Oqsillar gormon vazifasini ham bajaradi. Masalan, insulin gormoni oqsil tabiatiga ega bo'lib, qonda glukoza miqdorini nazorat qilib turadi. Umuman tirik organizmlarga xos bo'lgan barcha vazifalarni bajarilish oqsil molekulalari tomonidan amalga oshiriladi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling