Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Jinsda birikkan holda nasldan naslga o'tish


Download 1.79 Mb.
bet80/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   111
Bog'liq
9-конспект

Jinsda birikkan holda nasldan naslga o'tish.Hayvonot olamidagi jinsiy farqlarning kelib chiqishi, jinsni aniqlash mexanizmi, jinslar o'rtasidagi nisbatlarni o'rganish biologiya uchun nazariy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. Hayvonlar jinsi sun'iy yo'l bilan boshqarilganda edi, qishloq xo'jaligi uchun juda katta foyda keltirgan bo'lardi.
Jins tuxum hujayra urag'langandan keyin ma'lum bo'ladi. Ayrim jinsli orga­nizmlarda (jumladan odamda ham) jinslar nisbati odatda 1:1 ni tashkil etadi. Ko'pchilik ayrim jinsli organizmlarning erkak va urg'ochilarida xromosomalari bir xil emas. Ana shu tafovutlar bilan drozofiladagi xromosomalar soni mi-solida tanishib chiqaylik.
Drozofilada xromosoma to'plami diploid holda 8 ta bo'ladi. Uch juft xromosomalari jihatidan olganda bu pashshalar jinslari bir-biridan farq qil-maydi. Lekin bir juft xususiga kelganda muhim tafovutlar mavjud. Urg'ochi-sida ikkita bir xil (juft) tayoqchasimon xromosomalar bor; erkagida bunday xromosoma faqat bitta, uning juftini ikki yelkali alohida bir xromosoma tashkil etadi. Erkaklari bilan urg'ochilaridan farq qilmaydigan, bir xildagi xromosomalar autosomalar deb ataladi. Erkaklari bilan urg'ochilarida bir-biridan farq qiladigan xromosomalari esa jinsiy xromosomalar deyiladi.
Shunday qilib, drozofilaning xromosomalari soni oltita autosoma va ikkita jinsiy xromosomadan tashkil topadi. Urg'ochi pashshada qo'shaloq holda (XX), erkak pashshada esa (XY) yakka holda bo'ladigan tayoqchasimon jinsiy xromosoma X-xromosoma, ikkinchi jinsiy xromosoma (urg'ochi pashshada bo'lmaydigan, erkak pashshada ikki yelkali bo'ladigan xromosoma) Y-xro-mosoma deyiladi.
Erkak va urg'ochi pashshaning xromosomalari to'plamidagi bu jinsiy tafovutlar ko'payish jarayonida qanday saqlanib qoladi? Bu savolga javob berish uchun meyozda va urag'lanishda xromosomalar qanday holatda bo'lishini aniqlab olish zarur. Urg'ochi pashshaning jinsiy xromosomalari yetilayotganda meyoz natijasida har bir tuxum hujayraga to'rtta xromosomadan iborat gaploid to'plam, shu jumladan, bittadan X-xromosoma o'tadi. Meyozda erkak pashshada ikki xil spermatozoidlar hosil bo'ladi. Jinsiy xromosomalar hujayraning qarama-qarshi qutblariga tarqalib ketadi.
Shunday qilib, X-xromosoma bir qutbga, Y-xromosoma ikkinchi qutbga boradi. Shu tufayli erkak pashshalarda ikki xil spermatozoidlar teng miqdorda hosil bo'ladi. Bir xil spermatozoidlar 3 ta autosoma bilan bitta X-xromosoma, boshqalarida uchta autosoma bilan bitta Y-xromosoma bo'ladi. Urag'lanishda ikkita kombinatsiya bo'lish ehtimolligi bir xil. Tuxum hujayrani X yoki Y-xromosomali sperma urug'lantirishi mumkin. Birinchi holda urug'langan tuxumdan urg'ochi pashsha, ikkinchi holda erkak pashsha rivojlanadi. Jins ko'pchilik organizmlarda tuxum hujayra urag'langandan so'ng ma'lum bo'ladi.Jins belgilanishining xromosoma mexanizmi odamda ham xuddi drozofila-dagi kabi bir xil. Odam xromosomalarining diploid soni — 46 ta. Shu songa 22 juft autosoma va 2 ta jinsiy xromosoma kiradi. Ayollarda jinsiy xromosoma­lar soni ikkita — X-xromosomadan, erkaklarda — bitta X va bitta Y-xromo-somadan iborat bo'ladi. Shunga ko'ra, erkaklarda ikki xil spermatozoidlar — X va Y-xromosomali spermatozoidlar hosil bo'ladi (62- rasmDemak, embrion jinsi tuxum hujayraning X-xromosomali yoki Y-xro-mosomali spermiy yordamida urug'lanishi bilan aniqlanadi. Urg'ochi jinsning geterogametaligi kapalaklarda, qushlarda va sudralib yuruvchilarda kuzatiladi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling