Jinsiy hujayralarning rivojlanishi (gametogenez). Jinsiy hujayralar (gametalar) jinsiy bezlarda rivojlanadi. Spermatozoidlar — urug'donda, tuxum hujayra — tuxumdonda. Spermatozoidlarning rivojlanishi — sperma-togenez, tuxum hujayraning rivojlanishi — ovogenez deyiladi (45- rasm).Jinsiy hujayralarning hosil bo'lishi jarayonida spermatogenez va ovogenez bir nechta bosqichlarda amalga oshadi.
I bosqich. Ko'payish davri, bir-lamchi jinsiy hujayralar mitoz yo'li bilan ko'payishi natijasida hujayralar soni ortadi. Spermatogenezda birlam-chi jinsiy hujayralar juda tez ko'pa-yadi, ko'pincha bu jarayon balog'atga
yetish davridan boshlab qarilik davrigacha davom etadi. Ovogenezda biriamchi urg'ochi jinsiy hujayralarning ko'payishi tuban umurtqasizlarda butun umri mobaynida davom etadi.
bosqich. O'sish davri boshlang'ich jinsiy hujayralarning ayrimlari o'sish zonasiga o'tib kattalashadi, oziq moddalar to'playdi. Ularning DNK miqdori ikki hissa ortadi. Biriamchi spermatozoidlar o'sish zonasida tez katta-lashmaydi. Lekin tuxum hujayralar ayrim vaqtlarda bir necha yuz va ming martagacha kattalashadi. Biriamchi tuxum hujayralarning o'sishi organizmning boshqa hujayralarida hosil bo'ladigan moddalar hisobiga amalga oshadi. Misol uchun baliqlar, suvda ham quraqda yashovchilar, sudralib yuravchilar va qushlardagi tuxum hujayraning asosiy qismini sariqlik tashkil etadi. Sariqlik zaxira oziq-moddalar to'plamidir (yog', oqsil, karbon suv). Bundan tashqari biriamchi jinsiy hujayralarda ko'p miqdorda oqsil va RNKlar sintezlanadi.
III-bosqich. Yetilish davri — hujayralar yadrosidagi diploid to'plam ikki hissaga ortadi. Bu davrda hujayralar meyoz usulida ko'payib, gaploid to'plam-ga ega bo'ladi ma'lum shaklga va hajmga ega bo'lishi bilan amalga oshadi. Tuxum hujayra shakllanish davrida maxsus parda (qobiq) bilan o'ralib urag'lanishga tayyor bo'ladi. Ko'p hollarda sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar tuxum hujayrasida qo'shimcha qobiqlar hosil bo'ladi (
Do'stlaringiz bilan baham: |