Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Genlarning o'zaro epistaz ta'siri


Download 1.79 Mb.
bet82/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   111
Bog'liq
9-конспект

Genlarning o'zaro epistaz ta'siri. Fenotipda bir dominant genning allel bo'lmagan ikkinchi dominant gendan ustunlik qilishi epistaz deb ataladi. Bu qonuniyatning mohiyatini tovuq zotlarida pat rangining irsiylanishi misolida Genlarning ko'p tomonlama ta'siri. Pleyotropiya. Biz yuqorida bitta belgining rivojlanishiga bir qancha genlarning ta'sirini ko'rib chiqdik. Shu bi­lan birga bitta genning bir qancha belgining rivojlanishiga ta'siri ham aniqlan-gan. Bu hodisa pleyotropiya deb ataladi. Pleyotropiya hodisasi tabiatda keng tar­qalgan bo'lib, katta ahamiyatga ega. Bu hodisa o'simliklar bilan hayvonlarning ko'p genida uchraydi. Misol uchun genetik jihatdan yaxshi o'rganilgan dro­zofila meva pashshasining ko'zlarida pigment bo'lmasligini belgilaydigan gen pushtlilikni kamaytiradi, ba'zi ichki organlar rangiga ta'sir ko'rsatadi va ha-yotchanhgining qisqarishiga sabab bo'ladi.
Ba'zi bir genlarning pleyotrop ta'sirida organizmdagi turli organlarning rivojlanishida katta o'zgarishlar ro'y beradi, natijada ular nobud bo'ladi. Bunday genlar letal, ya'ni halokatga olib keluvchi genlar deb ataladi. Masalan: sichqonlarda jun rangining sariq va qora bo'lishi bir juft allel genlarga (A-a) bog'liq. Bu gen retsessiv gomozigotali (aa) holatda bo'lsa, sichqon junining rangi qora bo'ladi. Juni sariq rangda bo'lgan sichqonlar doimo geterozigota (Aa) holatda bo'ladi. Sariq sichqonlar orasida dominant gomozigotali (AA) formalari butunlay uchramaydi.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish
Ko`rildi:O`TIBDO`:____________
6- laboratoriya mashg'ulotlari Genetikadan masala va mashqlar yechish
Genetikadan masala yechish yoki bajarish nazariy bilimlar qay darajada o'zlasti-rilganligiga uzviy bo'g'liqdir. Agar o'quvchi genetikadan zarur nazariy bilimga ega bo'lmasa, masala yoki mashqlarni mustaqil ravishda yecha olmaydi.
Shunga ko'ra, o'qituvchining masala, mashq yechishni o'rgatishi ularga puxta va atroflicha bilim berishdan boshlanishi kerak. Dastur talablariga mos bilimlarni o'quvchilar puxta o'zlashtirishlari uchun har bir mavzu o'tilayotganda o'qituvchi jadval, diafilm yoki kinofilmlarni ko'rsatish orqali tayyor bilim bermasdan, balki o'quv materialini qismlarga (fragmentlarga) ajratgan holda, ularning faolligini oshirish kerak. Ya'ni muammoli savollar berish, dialog usulida dars o'tish, doskadan keng foydalanish, masalan, ota-ona va duragaylar turli bog'inlarning genotipini va fenotipiti yozish, mono-, di-, poliduragaylardan gametalar olish, duragaylar ora-sidagi xilma-xillikni doskada tahlil qilish yoki genlarning o'zaro ta'sir mexanizmini yozib tushuntirish muhim ahamiyatga ega.
Mustaqil yechish uchun masalalar.
1. Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A), oddiy toj retsessiv (a). Tajribada
gulsimon tojli tovuqlar oddiy tojli ho'rozlar bilan chatishtirildi. F1 duragaylar-
ning fenotipi va genotipi qanday bo'ladi?

  1. Agar F1 o'zaro chatishtirilsa, F2 da qanday natija kutish mumkin?


  2. Download 1.79 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling