Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari
Download 1.79 Mb.
|
9-конспект
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning usuli
- Reja asosida dars bosqichlari
- Mutatsiyaning namoyon bolish xarakteri.
- Mutatsiyalarning paydo bolish darajalari.
Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga Irsiy (genotipik) o'zgaruvchanlik haqida tushuncha berish.
B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar Irsiy (genotipik) o'zgaruvchanlik haqidagi bilimlarni bilishi Dars turi: A) Yangi bilimlarni o`zlashtirish darsi Dars uslubi: a) og`zaki b) ko`rgazmali Darsning usuli: suhbat, bahs, test Darsning jihozi:Darslik, ko`rgazma DARSNIG BORISHI:
Organizm genotipining o'zgarishi bilan boradigan va bir nechta avlodlarda saqlanadigan o'zgaruvchanlik irsiy o'zgaruvchanlik deyiladi. Ba'zan bular aniq ko'zga tashlanadigan o'zgarishlar bo'lib, ularga: kalta oyoqli qo'y-larning paydo bo'lishi, tovuqlarda patning bo'lmasligi (130- betdagi 66-rasmga qarang) mushuk barmoqlarining ayri bo'lishi, pigmentlarning bo'lmasligi (albinizm), odamlarda barmoqlarning kalta bo'lishi (130- betdagi 67-rasm) va ko'p barmoqlilik (polidaktiliya) (131- betdagi 68- rasm) kabilarni misol qilib ko'rsatish mumkin. To'satdan vujudga keladigan va qat'iy ravishda nasldan naslga o'tadigan o'zgarishlar natijasida xushbo'y no'xatning kalta poyali navlari, qat-qat to-jibarg hosil qiladigan o'simliklar va juda ko'p boshqa belgilar paydo bo'lgan. Ko'pincha ular juda kichik, lekin sezilarii o'zgarishlar hisoblanadi. Genetik materialning irsiy o'zgarishiga mutatsiyalar deyiladi. Mutatsiyalar gen yoki xromosoma tuzilmasining o'zgarishi tufayli hosil bo'ladi va tur ichidagi xilma-xillikning birdan-bir manbai bo'lib xizmat qiladi. Mutatsiyaning namoyon bo'lish xarakteri. Mutatsiyalar dominant va retsessiv bo'ladi. Ularning ko'pchiligi retsessiv bo'lib, geterozigota hol-dagi organizmlarda yashirin holda uchraydi. Bu holat turning yashashi uchun muhim ahamiyatga ega. Odatda mutatsiyalar zararli bo'lib, organizmning nozik muvozanatdagi biokimyoviy jarayonlar tuzilishiga o'zgartirishlar kiritadi. Dominant mutatsiyaga ega organizmlar gomo va geterozigota holatlarda yashovchan bo'lmaydi va individual rivojlanishning dastlabki bosqichlaridayoq nobud bo'ladi. Tashqi muhit o'zgarishi natijasida ilgari zararli bo'lgan mutatsiyalar, organizmga foydali ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bunday mutatsiyalarni tashuvchi organizmlar tabiiy tanlanish natijasida somatik hujayralarning genlari o'zgarsa, bunday mutatsiyalar shu organizmning o'zida namoyon bo'ladi va jinsiy ko'payishda keyingi avlodga o'tmaydi. Biroq jinssiz ko'payishda, agar organizm hujayra yoki hujayralar to'plamidan ko'payayotgan va unda o'zgargan — mutatsiyaga uchragan gen bo'lsa, bunday mutatsiyalar somatik mutatsiyalar deb ataladi va ular keyingi avlodlarga o'tishi mumkin..
Xromosoma tuzilmasining o'zgarishi xromosoma mutatsiyasi deb ataladi. Bunday mutatsiyalar xromosomaning ma'lum bir qismining yo'qolishi tufayli vujudga keladi.Ayrim hollarda xromosomadan ajralgan qism gomologik bo'lmagan xromosoma bilan birikib, genlarning yangi kombinatsiyasini paydo qiladi va ularning o'zaro ta'sir xarakterini o'zgartiradi.Urug'lanish davrida bunday gametalarning normal gaploid gameta bilan qo'shilishi natijasida hosil bo'lgan zigotada mazkur turga xarakterli bo'lgan diploidli to'plamga nisbatan xromosomalar soni bittaga ko'p yoki kam bo'ladi. Bunday holatlarda genlar muvozanatining buzilishi organizm rivoj-lanishining buzilishiga olib keladi.Sodda hayvon va o'simliklarda ko'pincha xromosomalarning gaploid to'plamga nisbatan karra ortishi kuzatiladi. Xromosomalar to'plamining bunday o'zgarishi poliploidiya deb ataladi. Poliploidiyaning darajasi har xil bo'ladi. Sodda hayvonlarda xromosomalar soni bir necha yuz barobarga ko'payishi mumkin. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling