Dars 1 Ingliz tilida zamon tushunchasi


Aniq davr berilganda ushbu davr hozir ham davom etayotgan bo'ladi


Download 69.02 Kb.
bet17/38
Sana05.01.2022
Hajmi69.02 Kb.
#224705
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
Bog'liq
Speed up 2

5. Aniq davr berilganda ushbu davr hozir ham davom etayotgan bo'ladi.

I've written two letters this morning. (Hali kunning ertalabgi davri davom etyapti)

Past Simple tense zamonining qo'llanishi

1. Hozirga aloqasi bo'lmagan tugallangan ish-harakatni bildiradi.

I washed the car yesterday. (It may be or may not be clean now)



2. O'tgan zamondagi aniq vaqtda tugallangan ish-harakatni bildiradi.

I went to the USA in 1991 and in 1996.



3. Ish-harakatni qachon sodir bo'lganligi, hozirga aloqasi yo'qligini bildiradi.

I met Bill 5 years ago.



4. Tarixda bo'lib o'tgan ish-harakatlar uchun qo'llaniladi.

Mark Twain wrote The Adventures of Tom Sawyer.



5. Aniq davr berilganda ushbu davr o'tib ketgan bo'ladi.

I wrote two letters this morning. (Hozir tush payti yoki kechqurun, ertalab allaqachon o'tib ketgan)



Dars 11 Used to+infinitiv qurilmasi

Mazkur qurilma o'tgan zamonda odat yoki takroriy ravishda sodir bo'lgan ish-harakatlar uchun qo'llaniladi.

I used to sleep a lot but I sleep less now. (Men avvallari ko'p uxlardim, lekin hozir kamroq uxlayman.)

He used to smoke 40 cigarettes a day but he does not smoke now. (U avvallari kuniga 40 ta sigaret chekardi, lekin hozir chekmaydi.)

used to+infinitiv qurilmasi o'tgan zamondagi mavjud bo'lgan holatlar uchun ham qo'llaniladi.

They used to be rich and they used to have five houses. (Ular boy edilar va beshta uylari bor edi)

Qo'llanish shakli:

▪Positive form: Ega+ used to+work

▪Negative form: Ega+didn't use to+work

▪Question form: Did+Ega+use to+ work

▪Misollar:

The baby used to cry a lot. (Chaqaloq ko'p yig'lardi)

I didn't use to like George but now we are close friends. (Men Jorjni yoqtirmasdim, lekin hozir biz yaqin do'stlarmiz)

Did you use to live in a foreign country?



Yuqoridagi misollardan ko'rinayapdiki, used to+infinitiv qurilmasi bilan ifodalangan odat yoki holatlar hozir sodir bo'lmaydi. 'used to+infinitiv faqat o'tgan zamon haqida ma'lumot beruvchi qurilma hisoblanadi

Mazkur qurilma faqat o'tgan zamondagi odat yoki takroriy ravishda sodir bo'lgan ish-harakatlar uchun qo'llaniladi, bir marta bo'lib o'tgan ish-harakatlar uchun esa oddiy o'tgan zamon qo'llangani ma'qul.

I used to go to the cinema a lot when I lived in London. (kinoga ko'p borardim…takroriy sodir bo'lgan ish-harakat)

I went to the cinema yesterday. (kecha kinoga bordim…..bir marta sodir bo'lgan ish-harakat)

O'tgan zamonda takroriy ravishda sodir bo'lgan ish-harakatlarni ifodalashda would+infinitiv qurilmasi ham qo'llaniladi.

Whenever Tom got angry, he would just go out of the room. (Har safar Tomning jahli chiqqanda, u xonadan chiqib ketardi.)

We used to live by the railway line. Every time the train passed, the whole house would shake. (Biz poyezd yo'li yonida yashardik. Poyezd har gal o'tganida, butun uy titrardi)



'used to+infinitiv' va 'would+infinitiv' qurilmasi bilan bir xil ma'no anglatsada, ularning qo'llanishi orasida ozgina farq bor. would+infinitiv qurilmasi qo'llanishi uchun biror vaziyatni yoki vaqtni bildiruvchi qo'shimcha gap kerak bo'ladi.

We used to live by the railway line. Every time the train passed (vaziyatni bildiruvchi qo'shimcha gap), the whole house would shake.

Whenever Tom got angry (paytni bildiruvchi qo'shimcha gap), he would just go out of the room.

'used to+infinitiv' qurilmali gap yolg'iz o'zi ham qo'llanaveradi.

He used to smoke 40 cigarettes a day.

Dars 12 Past Continuous tense

Past Continuous Tense – oʻtgan zamon davom fe'li oʻtgan zamonda aniq vaqtda davom etib turgan ish-harakatni bildiradi. Oʻtgan zamondagi aniq vaqt gapda beriladi.

▪Egadan keyin was/were yordamchi fe'llari va -ing qoʻshilgan asosiy fe'l (participle I) bilan qoʻllaniladi.




Download 69.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling