Dars 21 Present simple va present continuous zamonlarining kelajakdagi ish-harakatlar uchun qo'llanishi
1. Hozirgi davomiy zamon (present continuous tense) shaxsiy rejalar uchun kelajak zamondagi ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi. Reja, odatda aniq vaqtga belgilangan boʻladi.
Sheila is playing tennis with Nick at 3 o’clock on Monday afternoon.
My aunt is visiting us next Friday. (Keyingi juma kuni ammam bizni koʻrgani kelyapti.)
I am leaving for London next week.
▪Quyidagi fe'llar present continuousda ishlatilsa ham, kelajak zamonda rejalarni ifodalab keladi:
come go arrive visit leave
What time are you leaving tomorrow? (Ertaga qachon jo'nab ketyapsiz?)
Jim is arriving on Friday.
2. Oddiy hozirgi zamon (present simple tense) kelajakda rasmiy ravishda belgilangan ish-harakatlar uchun, masalan poyezd jadvallari, teledasturlar, kino, konsert, rasmiy futbol oʻyini va hakozolarning boshlanish va tugash vaqtlarini bildirish uchun qoʻllaniladi.
My train leaves for London at 14:00 on Friday. (Mening poyezdim Londonga juma kuni soat 14:00da joʻnaydi)
The concert starts at 7.30 this evening.
The exhibition opens at 17.00 on Saturday.
The English course starts next Monday.
Dars 22 be+going to+fe'l qurilmasining kelajak zamonni ifodalash uchun ishlatilishi
▪Mazkur qurilma kelajakda bajarilishi rejalashtirilgan (qaror) qilingan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi. Oʻzbek tiliga eng maqbul tarjima -moqchi qoʻshimchasini asosiy fe'lga qoʻshish hisoblanadi.
Jim is going to buy a new house next month. (Jim keyingi oyda uy sotib olmoqchi)
Do'stlaringiz bilan baham: |