2. Oʻtgan zamonda ish-harakatlar ketma-ket sodir boʻlganini ifodalashda faqat oddiy oʻtgan zamon (past simple tense) qoʻllaniladi.
He opened the door, entered the room, found the paper and read it. (U eshikni ochdi, xonaga kirdi, hujjatni topdi va uni oʻqidi.)
When we heard the fire alarm, we rushed to the door. (Biz yong'in signalini eshitishimiz bilan eshikka yugurdik)
3. Oʻtgan zamonda ikkala ish-harakat bir vaqtning oʻzida davom etib turgan boʻlsa, ikkala ish-harakat uchun ham oʻtgan davomiy zamon (past continuous tense) qoʻllaniladi.
Nina was playing the guitar while Jack was reading a book. (Jek kitob oʻqiyotganida Nina gitara chalayotgan edi)
Yuqoridagi misollarda vaziyatni ko'z oldimizga keltirib fe'llarni toʻg'ri zamonda qoʻyish mumkin. Misol uchun bir gap tahlili bayon etiladi.
He … (fall) off the ladder while he … (paint) the ceiling.
(fall - yiqilmoq, paint - boʻyamoq). Ko'z oldimizga keltirsak, odatda biror ish qilayotganimizda yiqilib tushishimiz mumkin, demak, fall fe'li - oddiy oʻtgan zamonda, paint fe'li - oʻtgan zamon davom fe'lida qoʻllaniliishi lozim.
He fell off the ladder while he was painting the ceiling. (U shiftni bo'yayotganda narvondan yiqilib tushdi)
Dars 14 Past Perfect Simple tense
▪Past Perfect simple tense (uzoq o'tgan zamon) - o'tgan zamondagi biror voqea yoki paytdan oldin bo'lib o'tgan ish-harakatlarni bildirish uchun qo'llaniladi, shuning uchun ham mazkur zamonni uzoq o'tgan zamon deb atashsa kerak.
▪Masalan, siz kecha ziyofatga bordingiz, lekin u yerda yaqin do'stingiz Sobirni ko'rmadingiz, chunki u siz kelguncha uyiga ketib bo'lgan ekan.
▪Ingliz tilida ayni shunday holatlar uchun, ya'ni "Sobir uyiga ketib bo'lgan ekan" degan ma'noni berish uchun Past Perfect simple tense qo'llaniladi. Mazkur gap ingliz tilida qanday bo'lishini ko'ramiz.
When I arrived (o'tgan zamondagi ish-harakat) at the party, I didn't meet Sobir there because he had already gone home.
▪Bu zamonda egadan keyin had yordamchi fe'li + tog'ri fe'llarga -ed yoki noto'g'ri fe'llarning past participle (verb III) shaklidagi asosiy fe'l qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |