Dars ishlanmalari
Download 0.99 Mb.
|
8-sinf-4-chorak-fizika-konspekt-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ovoz karnayi
- Uy vazifasi.
Magnit qutblari orasida yengil ovoz g'altagi 1 joylashgan bo'lib, elastik plastina - membrana 2 bilan birlaslnirilgan. Membrana o'zining juda egiluvchan chetlari bilan mikrofonning korpusi 3 ga mahkamlangan. Agar mikrofon oldida biror kishi gapirsa, membrana havo ta'sirida tebrana boshlaydi. Membrana bilan birga ovoz g'altagi ham tebrana boshlaydi. G'altak doimiy magnitning maydonida joylashgani uchun unda o'zgaruvchan induksion tok vujudga keladi, uning shaklini ossilloraf ekranida kuzatish mumkin. Shunday qilib, mikrofon havo tebranishlarining mexanik energiyasini induksion tokning elektr energiyasiga aylantiradi. 3. Ovoz karnayi. Mikrofon vujudga keltiradigan induksion tok juda kuchsizdir. Biroq kuchsiz elektr tebranishlarni kuchaytiruvchi maxsus asboblar - kuchaytirgichlar mavjud. Mikrofondan chiqqan kuchsiz elektr tokini kuchaytirgichga, kuchaytirilgan tokni esa ovoz karnayiga uzatamiz (104- a rasm). Agar mikrofonni boshqa xonaga olib chiqib qo'yib - ovoz karnayini esa sinfda qoldirsak, u holda mikrofon oldida aytilgan hamma gaplarni eshittirish mumkin. Ovoz karnayi qanday tuzilgan? Ovoz karnayida mikrofondagi kabi juda kuchli doimiy magnit 1 bor. Qutblar orasidagi tirqishda ovoz g'altagi 2 joylashtirilgan. U diffuzor 3 bilan tutashtirilgan.Diffuzorning chetlari ovoz karnayining korpusi 4 bilan ulangan. Diffuzorning sirti esa to'r 5 bilan yopilgan (104- b rasm).
Mikrofonning kuchaytirilgan o'zgaruvchan toki ovoz g'altagidan o'tganda, u g'altak atrofida o'zgaruvchan magnit maydon hosil qiladi: g'altak uchlarida navbatma-navbat —goh shimoliy qutb, goh janubiy qutb vujudga keladi. Bu magnit maydon doimiy magnit bilan ta`sirlanadi va g'altak xuddi mikrofon g'altagi kabi, faqat kattaroq miqyosda tebranadi. Shuning uchun biz kuchaytirilgan tovushlarni eshitamiz. Uy vazifasi. O'tilgan mavzu yuzasidan xar bir o'quvchi 5ta dan test tuzib kelish. “Tasdiqlayman” O’IBDO’_____R.Egamov “___”_______201__ yil
Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling