Dars tiplari. Yakuniy darsning maqsadi va ahamiyati


Download 91,17 Kb.
bet9/18
Sana08.01.2022
Hajmi91,17 Kb.
#241878
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
DARS TIPLARI

2. Dars tiplari.

Zamonaviy maktablarda ta'limning tashkil etishning asosiy shakli dars hisoblanadi. Dars o‘quvchilarni nafaqat o‘quv-biluv faoliyatini samarali tashkillashni, balki o‘quvchilar faoliyatini rivojlantirish imkoniyatiga ham ega.

«Dars—aniq maqsadni ko‘zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg‘ulotdir»-deb ta'kidlanadi Sh.Abdullayeva va boshqalarning o‘quv qo‘llanmasida.

O.Roziqov va boshqalar tomonidan yaratilgan “Didaktika” darsligida «Bir xil tayyorgarlikka ega, yoshlari teng o‘quvchilarning doimiy jamoasi bilan ma'lum xona, tartib, jadval asosida o‘tkaziladigan mashg‘ulotga dars deyiladi» —deb ta'kidlanadi.

Yuqoridagi ta'riflar tahlilidan ko‘rinadiki, darsning mohiyati, darsda o‘qituvchi va o‘quvchilarni o‘zaro ta'siri natijasida o‘quvchilar bilim, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi, qobiliyatlari rivojlanadi hamda darsda o‘qituvchining pedagogik mahorati shakllanadi. Dars ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uning barcha komponentlari (darsning maqsadi, mazmuni, metodi) o‘zaro aloqadordir.



Odatda dars quyidagi ta'lim shakllarini va tegishli didaktik vazifalarni hal qilishni o'z ichiga oladi:

1) uy vazifasini tekshirish va o‘tgan mavzuni takrorlash;

2) yangi o'quv materialini tushuntirish;

3) yangi materialni mustahkamlash.

Ushbu didaktik muammolarni hal qilish ketma-ketligi boshqacha bo'lishi mumkin. Kombinatsion (aralash) darsning an'anaviy rejasi quyidagi fikrlarni o'z ichiga oladi:

1) tashkiliy qism;

2) uy vazifasini tekshirish;

3) ilgari o'tgan materiallarni so'rsh;

4) yangi materiallarni o'rganish;

5) yangi materialni mustahkamlash;

6) uy vazifasi.

Har qanday darsning yaratilishi uning maqsadini aniq anglashdan boshlanadi.

Darsning maqsadi.

Pedagogik faoliyat obyekti bu o‘quvchilar faoliyati hisoblanadi, natijasi esa o‘quvchilarni o‘zlashtirganlik darajasidir. Zamonaviy maktabda darsning maqsadi aniq bo‘lishi zarur.

O‘qitishning umumiy nazariyasidan kelib chiqib, ta'lim nazariyasi darsga nisbatan bir qancha talablarni ta'riflaydi:

Maqsadning aniq qo‘yilishi.

Interfaol metodlardan foydalanish.

Ta'lim prinsiplariga amal qilish.

O‘quvchilarda motivni shakllantirish.

Darsda vaqtdan ratsional foydalanish.

Dars tipologiyasi — ta'lim nazariyasining murakkab didaktik vazifalaridan biridir. Zamonaviy didaktikada darslarni tasniflash uchun bir nechta yondashuvlar mavjud, ularning har biri o'ziga xos xususiyatga ega. M.A.Danilov, B.P.Yesipov, B.A.Onishuklar dars tiplarini didaktik maqsadga ko‘ra asoslaganlar va quyidagi dars tiplarini tasviya etganlar:

  • kirish darslari;

  • o‘quv materiali bilan tanishtirish darslari;

  • qonun, qoida, tushunchalarni o‘zlashtirish darslari;

  • o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash darslari;

  • malakalarni shakllantirish darslari;

  • takrorlash va umumlashtirish darslari;

  • nazorat darslari;

  • aralash darslar.

I.N.Kazansev darslarni ta'lim metodlarini qollashga kora tiplarga ajratadi.

  • ma'ruza-dars, suhbat-dars, ekskursiya-dars, kino-dars, mustaqil ishlash darsi.

M.I.Maxmutov1 quyidagi dars tiplarini tavsiya etgan:

  • Aralash dars;

  • Yangi materiallarni o‘rganish darsi;

  • Bilimlarni mustahkamlash, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish darsi;

  • Umumlashtirish va tizimlashtirish darsi;

  • Bilim, mahorat va ko‘nikmalarni nazorat qilish va tuzatish darsiyangi materialni o‘rganish darsi.

O‘qituvchi dars tipi qanday bo‘lishidan qat'i nazar, dars samarali bo‘lishi uchun uni tuzilishi haqida o‘ylashi zarur.

Download 91,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling