Dars, uning turlari va tuzilishi
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
shaxnoz
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 845 xos ta’lim tizimi davom etib keldi. Bir o’qish xonasida 6 yoshdan 15- 16 yoshgacha bo’lgan bolalar guruhi bilan bir vaqtda mashg’ulot olib borilar edi. Shuningdek, bir o’qish xonasidagi ( 20 – 30 ) o’quvchilarning bilim darajasi ham turlicha bo’lar edi. Dars, uning turlari va tuzilishining mazmuni Hozirgi kundagi ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan sinf- dars tizimi. Hozirgi kunda respublikamizda ta’limning oldiga qo’yilgan talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda maktab ta’limini tashkil etishning, dars turlarining yangidan - yangi shakllari yaratilmoqda. Sinf - yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo’lgan ma’lum miqdordagi o’quvchilar guruhidir. Dars deb bevosita o’qituvchining rahbarligida muayyan o’quvchilar gurihi bilan olib boriladigan ta’lim mashg’ulotiga aytiladi. Dars - o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir [15-18]. Dars - o’quv ishlarining markaziy qismidir. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan sinf - dars tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib borilmoqda: 1. Dars mashg’uloti asosan 45 minutga mo’ljallangan bo’lib, qat’iy jadval orqali olib boriladi. 2. Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko’ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhiga ega bo’ladi. 3. Dars bevosita o’qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi. 4. Dars o’tilayotgan materialning mazmuniga qarab xilma - xil usullar orqali olib boriladi. Ta’lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o’zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib tashkil etiladi. Sinf - dars shaklida olib boriladigan mashg’ulot o’qituvchining kundalik o’quv materiallarini tizimli bayon qilib berishni, xilma - xil usullardan foydalanishni, o’quvchilarning bilim va ko’nikma, malakalarini izchillik bilan hisobga olib borishni, o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish kabi vazifalarni o’z ichiga oladi 3 . O’qituvchi dars materiallarini bayon qilish jarayonida o’quvchilarga muammoli vaziyat tug’diradigan savollar bersa va javob qidirsa, fikrlash va izlanishlar yo’li bilan mavzu materiallari puxta o’zlashtirilib oladigan bo’ladilar [19-22]. Bunday holatda umumsinf jamoasi va har qaysi o’quvchining o’ziga xos xususiyatlari hisobga olingan bo’lishi kerak. Hozirgi kunda darsda uzoqdan - uzoq vaqt sarflab o’quvchilarning bilimini aniqlash va baholash, bilimlarni bayon qilish va mustahkamlashda o’quvchilar ishtirokini cheklab qo’yish habi holatlarga barham berildi. Bilimlarni bayon qilish jarayonida o’quvchilar faolligi (og’zaki yoki yozma mashqlar, labaratoriya - tajriba ishlari, mustaqil ijodiy ishlar) ishga 3 N. Azizxo’jayeva “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat“ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling