Dars, uning turlari va tuzilishi
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
shaxnoz
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 849 Shuningdek, o’quvchilarni dars davomida komil inson qilib tarbiyalash eng asosiy vazifalaridan biridir. Yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga ko’ra zamonaviy dars o’quv muassasasining mulkiy mansubligidan qa’ti nazar quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi lozim: ta’limning tarbiyaviy maqsadlarga bo’ysundirilganligi, o’quvchilarni komil shaxs sifatida shakllantirishga yo’naltirilganligi, ilmiyligi hamda izchilligi, tarbiyalanuvchining faolligi va mustaqilligini ta’minlashga qaratilganligi, insonparvarlik ruhida ekanligi, tizimliligi, bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirishga qaratilganligi, amaliy ahamiyatga ega ekanligi va boshqalarni misol keltirishimiz mumkun. Zamonaviy ta’lim tajribasida bir dars uchun albatta belgilangan standart vaqt mavjud. Bu belgilangan vaqt esa, ta’lim muassasalarining tabiati, ta’limning bosqichlari va o’quvchining imkoniyatidan kelib chiqib 45, 40, 35, 30 minutni tashkil etadi. Ta’lim tizimida dars va uy vazifasi munosabatlari o’ta muhim sanaladi. Zamonaviy ta’lim tizimining turli bosqichlarida o’quvchilarga uy vazifasi berilishi yoki berilmasligi, uning miqdori singari jihatlar o’quv muassasalarining nizomlarida aks ettirilgan 8 . Uzoq vaqt davomida har bir dars yangi mavzuning bayoni, uni o’quvchi xotirasida mustahkamlash, bilimlarni amaliyotda qo’llash kabi qismlardan iborat bo’lishi shart deb hisoblab kelingan. O’quv jarayonlarida darsni tashkil etishning oldindan belgilab qo’yilmagan va barcha uchun majburiy bo’lmagan turli xil yo’llarini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi [28]. Dars davomida olingan bilimlarni amaliyotda qo’llash doim mavzuni mustahkamlashning asosi bo’lib kelgan. Bir necha darsni yangi mavzuning bayoniga bag’ishlash, ayrimlarini esa labaratoriya topshiriqlarini bajarishga ajratish ham mumkin. Eng muhimi, o’tilayotgan mavzu o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilib, ularda ko’nikma paydo bo’lishi va bu ko’nikmalarni amaliyotda qo’llab, malakaga aylantira olishi kerak bo’ladi. Darsning tarkibi, darsni tasniflash ya’ni tipologiya bilan bog’liqdir. Pedagogik adabiyotlarda dars mazmunga, didaktik maqsadga, o’tish yo’llariga, ta’lim jarayonining xususiyatlari va uning qismlariga ko’ra tasnif qilinadi [29]. Dars odatda, kirish, yangidan - yangi bilimlarni berish, o’tilgan mavzularni mustahkamlash, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, bilimlarni amaliyotda qo’llash, nazorat qilish va aralash kabi turlarga bo’linadi. Ta’lim tajribasida bir dars jarayonida bir yoki bir necha dars turlari umumlashtirilgan holda ish olib boriladigan aralash dars turi ham ko’p uchraydi [30]. Darslarni turli sinflarda turli xil mashg’ulotlar, seminar, o’quv 8 Ishmuhamedov R. “Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari“ T - TDPU - 2003. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling