Dars, uning turlari va tuzilishi


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana23.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1716993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
shaxnoz

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 846
solinmog’i kerak bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, o’quvchilarning oldindan
o’zlashtirgan bilimlarini ham ishga tushirishga xizmat qiladi va to’g’ri
baholash uchun katta imkoniyat yaratib beradi. Shu bilan birgalikda,
o’quvchilarning mustaqil mantiqiy fikr yuritishlari, qunt, irodani
mustahkamlash, nutq madaniyatini rivojlantirish, tegishli ko’nikma va
malakalar bilan qurollantirishda mustaqil ishning ahamiyati doim diqqat
markazida bo’lishi, dars jarayonini shu maqsadga muvofiq qurish nazarda
tutilishi kerak. Dars jarayonida o’tilayotgan o’quv materiallarining boshqa
fanlarga aloqador mavzulari bilan bog’liqligini ko’rsatish ham eng
muhim ahamiyatga egadir [23]. Komil shaxsni rivojlantirishda darsning
ahamiyati va yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga ko’ra
zamonaviy darsning o’ziga xos xususiyatlari. 
Dars - yuqorida aytib o’tilgandek, o’qitishni tashkil etishning o’zgarmas
shakli emas. O’quv amaliyotida va pedagogik tafakkur doimo darsni
takomillashtirish yo’llarini izlaydi
4
. Turli - tuman fikr va mulohazalarni
hisobga olgan holda dars quyidagi umumiy didaktik talablarga javob
berishi kerak bo’ladi:
1. Har bir dars ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va
puxta rejalashtirilgan bo’lishi kerak. 2.
Har bir dars mustahkam g’oyaviy - siyosiy yo’nalishlarga ega bo’lishi 
kerak.
3. Har bir dars hayot bilan, amaliyot bilan bog’langan bo’lishi kerak.
4. Har bir dars xilma - xil usul, uslub va vositalardan unumli
foydalangan holda olib borilishi kerak.
5. Darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tejash, undan unumli
foydalanish kerak. 6. Har
bir dars o’qituvchi va o’quvchilarning faolligi va birligini ta’minlab
berishi kerak.
7. Darsda o’quv materiallarining mazmuniga oid ko’rsatmali qurollar,
texnika vositalari va kompyuterlardan foydalanish kerak bo’ladi.
8. Dars mashg’ulotini butun sinf bilan umumiy olib borish bilan har
qaysi o’quvchining individual xususiyatlari, ularning mustaqilligini
oshirish hisobga olinadi. 9. 
Har bir darsda mavzuning harakteridan kelib chiqib, xalqimizning boy
pedagogik merosiga murojat qilish va undan unumli foydalanish kerak.
Shu bilan birgalikda ko’plab imkoniyatlarni va yangiliklarni qidirib
topish kerak bo’ladi. Shundagina darslarimiz qiziqarli va tushunarli
4
Mavlonova R. “Pedagogika“ T - 2000. 



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling