Dars, uning turlari va tuzilishi
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
shaxnoz
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 848 turlari tuzilishidagi har qanday qism didsktik usul dars tuzilishi bo’lavermaydi. U o’qitish usuli bilan bog’langandagina dars tuzilishini tashkil qila oladi. Ya’ni dars tuzilishining o’zgarishi bilanoq dars olib boorish usuli ham o’zgaradi, yangilanadi. Bu bilan darsning yangi bosqichi boshlanadi. Dars tuzilishining biridan ikkinchisiga o’tishi va shu orqali darsning shakli hamda usullarining o’zgarishi dars bosqichi deb yuritiladi. Masalan, Aralash dars turning tuzilishi quydagicha: 1.Uy vazifalarini so’rash, tekshirib ko’rish. 2.Yangi materiallarni bayon qilish. 3.Yangi materiallarni mustahkamlash. 4. Uy vazifalarni topshirishni o’z ichiga oladi. Dars - maktab ta’limining asosiy tashkiliy shakli. Dars muayyan miqdordagi doimiy o’quvchilar tarkibi bilan qat’iy tartibda uyishtiriladigan va aniq maqsadga yo’naltirilgan didaktik tadbir hisoblanadi. Dars - insoniyat tomonidan minglab yillar mobaynida orttirilgan hayotiy tajribalarni o’quvchilarga juda ham qisqa vaqtda o’rgatishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Ta’limning dars shakli Turkistonda uzoq zamonlardan buyon qo’llanilib kelingan [26]. Darsni tashkil etish va uning samaradorligini ta’minlashda o’qituvchining o’rni juda ham beqiyos bo’lgan 7 . Chunki, o’quvchilarning tayyorligini aniqlash, ularni guruhlarga ajratishda bolalarning yoshi va maktabda qancha vaqt o’qiganligiga emas, balki o’tilgan darslarni qanchalik o’zlashtirganliklariga tayanilgan. Turkiston maktablarida ta’limning dars shakli bo’lganligi bilan mashg’ulotlarni sinf - dars tizimi tarzida tashkil etish tajribasi bo’lmagan. Shuningdek, darsning davomiyligi, predmetlarning o’rinlashuvi, kundalik mashg’ulotlarning miqdori singari ta’limiy chegaralar har bir o’qituvchining o’zi tomonidan belgilangan. Qadimda ta’lim muassasalari uchun darsning jamoa va individual shakllari mavjud bo’lgan. Dars ta’limining jamoa bo’lib amalga oshirilish tarzini ko’rishimiz mumkin [27]. Shu bilan birgalikda, dars maktab yoshidagi bolalarni umumiy o’qitishni osonlashtiradi. Ularni jamoa sifatida tarbiyalashga hissa qo’shadi, bolalarda ijtimoiy faollik va muomala madaniyatining shakllanishiga ko’maklashadi. Darsda o’quv mashg’ulotlarining individual, guruh bo’lib va umumiy sinf shakllari birlashadi. Har qanday jamiyatda dars davlat tomonidan ta’lim oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Darsning vazifalari ta’lim jarayoning qonuniyatlari va muayyan jamiyatning komil shaxs borasidagi tushunchalarni uyg’unlashtirish va rivojlantirishdan iboratdir. 7 Munavvarov A. K. “ Pedagogika“ T- 1996. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling