Дарслик мбх doc
VI Kompyuter, periferiya qurilmalari, ma’lumotlarni qayta ishlash
Download 356.05 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MAVZU ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI (1)
VI
Kompyuter, periferiya qurilmalari, ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari 1 Kompyuterlar 20 2 Periferiya qurilmalari va ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari 3 Nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasi 4 Boshqalar VII Boshqa guruhlarga kiritilmagan asosiy vositalar 1 Ko‘p yillik dov-daraxtlar 10 2 Boshqalar 15 Eskirish konseptsiyalari Avvalroq ta’kidlanganidek, Asosiy vositalar kutilgan foydalilik davriga asoslanib bir yildan ko‘proq xizmat qilishi kutiladi. Biroq korxonalar asosiy vositani ishlab chiqarishdagi xissasini tan olishlari uchun ularni foydalilik davri tugashini kutishlari shart emas. Aktivning foydalilik davri davomida har hisob yilida, korxonalar aktivdan foydalanganliklaridagi iste’molni xarajat deb tan olishlari lozim. Bu konseptsiya eskirish deb ataladi. Eskirish shuni bildiradiki , bu jarayonda asosiy vositalar tannarxini eskirish kabi uning foydalilk davri ichida ratsional va sistematik usulda taqsimlanadi. Eskirish orqali, vositaga bog‘liq xarajat jamg‘arilgan daromadga bir hisob davrida moslashtiriladi. Eskirish asosiy vosita turlarining 3 tasiga qo‘llaniladi; bino, yerni obodonlashtirish va asbob-uskuna, shu bilan birga vositalarning foydaliligi va imkoniyatlari ham ularning foydaligi davri mobaynida kamayib boradi. Yer uchun, bu odatda cheklanmagan foydalilik davri hisoblanadi,foydasizlik davri esa vaqt mobaynida o‘sib boradi, shuning uchun aktivning bu turi uchun eskirish hisoblash shart emas. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 380 Eskirish buxgalteriya hodisasining bir turi hisoblanadi. Bu hodisa har yili hisob davriningoxirida qayd etilishi shart. Bu tushunchani gavdalantirish uchun, keling hisob yili korxona uchun 1- yanvarda boshlanadi deb hisoblaylik shuningdek hisob yilining oxiri 31-dekabr. Shunday qilib, eskirish uchun hodisa har yili 31-dekabrda amalga oshirilishi mumkin. Biroq, korxona aktivni yilning o‘rtasidan foydalana boshlasa, shuningdek ular oylik eskirishni hisoblashlari lozim. Shuningdek eskirish haqidagi ikkita ko‘p uchraydigan tushunmovchiliklarni ham to‘g‘irlash muhimdir: 1. Eskirish bu aktivni baholash jarayoni emas. Aksincha, bu jarayon asosiy vosita tannarxini xarajat deb tan olish uchun ularni taqsimlash jarayonidir. Shunday qilib aktivni qoldiq qiymati ularni bozor qiymatiga ta’sir qilmaydi. 2.Aktiv qiymatini eskirish kabi tan olish bu ularni almashtirish uchun mablag‘ to‘plash emas aslida, bu mablag‘ sarfini boshqa xarajatlar kabi qamrab olmaydi. 71 Soliq solish maqsadlari uchun har bir kichik guruh bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari amortizatsiya normasini qo‘llash orqali, biroq ushbu Kodeksda belgilangan eng yuqori normadan oshmagan holda hisoblab chiqiladi. Soliq solish maqsadlari uchun amortizatsiyani ushbu moddada belgilanganidan pastroq va soliq to‘lovchining hisob siyosatida mustahkamlab qo‘yilgan normalar bo‘yicha hisoblashga yo‘l qo‘yiladi. Soliq solinadigan foydaning to‘liq hisoblanmagan amortizatsiya summasiga soliq solish maqsadlarida ushbu moddada nazarda tutilgan normalarga zid ravishda qayta hisoblash amalga oshirilmaydi. Foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalar obyektlarini oladigan soliq to‘lovchi ushbu asosiy vositalar obyekti bo‘yicha amortizatsiya normasini mazkur asosiy vositalar obyektidan avvalgi mulkdorlar tomonidan foydalanilgan yillar (oylar) soniga kamaytirilgan foydalanish muddatini hisobga olgan holda belgilashga 71 Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil“Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 2014; 116 bet. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 381 haqlidir. Agar mazkur asosiy vositadan avvalgi mulkdorlarda amalda foydalanish muddati ushbu asosiy vositalarning ushbu moddada tasniflanishi bilan belgilanadigan foydalanish muddatiga teng yoki undan ortiq bo‘lsa, soliq to‘lovchi texnika xavfsizligi talablarini va boshqa omillarni hisobga olgan holda bu asosiy vositadan unumli foydalanish muddatini mustaqil ravishda, lekin uch yildan kam bo‘lmagan muddatga belgilashga haqlidir. Foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalardan foydalanish muddatini aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, amortizatsiyani hisoblash yangi asosiy vositalarga bo‘lgani singari amalga oshiriladi. Asosiy vositalar obyektlari bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash hisobot davridagi korxona faoliyati natijalaridan qat’i nazar amalga oshiriladi va u tegishli bo‘lgan hisobot davridagi buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Mulk hisoblangan yoki moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 0211 «Yerni obodonlashtirishning eskirishi»; 0212 «Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi»; 0220 «Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi»; 0230 «Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi»; 0240 «Mebel va ofis jihozlarining eskirishi»; 0250 «Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi»; 0260 «Transport vositalarining eskirishi»; 0270 «Ishchi hayvonlarning eskirishi»; 0280 «Ko‘p yillik o‘simliklarning eskirishi»; 0290 «Boshqa asosiy vositalarning eskirishi»; 0299 «Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi». Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) kreditida, PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 382 xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar debeti bilan bog‘langan holda olib boriladi. Ijaraga beruvchi korxonalar joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summasini tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) krediti va 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotining debetida aks ettiradilar. Amortizatsiyani hisoblash usuli korxonaning hisob siyosatiga ko‘ra aniqlanishi va bir hisobot davridan ikkinchi davrga izchillik bilan qo‘llanilishi va taqvimiy yil davomida o‘zgarmasligi lozim (5-son BHMSning 43-bandi), korxona qayta tashkil etilgan, uning mulkdorlari almashgan, respublika qonun hujjatlarida o‘zgarishlar bo‘lgan hollar bundan mustasno. 72 Foydaga soliq solish maqsadlarida Soliq kodeksining 144-moddasida keltirilgan amortizatsiya me’yorlari qo‘llanishi kerak. Hisobot yili davomida asosiy vositalar obyekti bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari qo‘llaniladigan hisoblash usulidan qat’i nazar (amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulidan tashqari), yillik summaning 1/12 miqdorida har oyda hisoblanadi. Download 356.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling