Tashkiliy xarajatlar, xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil qilish davomida
vujudga keladi, xo‘jalik yurituvchi subyekt har bir
ishtirokchisi faoliyatning
boshlang‘ich davridagi tashkiliy xarajatlar va yo‘qotishlardan tashqari,
maslahatchilar xizmatlari,
reklama tadbirlari, hujjatlarni tayyorlash, ro‘yxat olish
va xarajatlardan iborat bo‘ladi.
Patent– bu yuridik jihatdan tan olingan va ro‘yxatga olingan mutloq
huquqdir. Patentga tegishli huquq uning egasiga
tashqaridan boshqa shaxslar
aralashmasligi sharti bilan buyumdan yoki g‘oyadan foydalanish, ularni ishlab
chiqarish, sotish va nazorat qilish imkonini beradi.
Patent – yuridik kuchga ega bo‘lgan va ro‘yxatga olingan huquqdir.
77
Patentning tegishli organlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi uning
himoyalanishiga kafolat bermaydi. Ushbu huquqlar
sudda muvaffaqqiyat bilan
himoyalanmaguniga qadar raqobatbardosh bo‘la olmaydi. Shuningdek, sudda
huquq himoya qilinishi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni patent bahosining bir
qismi sifatida kapitallashtirish lozimligi to‘g‘risida umumiy kelishuv mavjud.
Mabodo
sud jarayonida yutqazilsa, u bilan bog‘liq xarajatlar ham
amortizatsiya qilinmagan patent qiymati ham hisobdan chiqariladi.
Sanoat dizaynini ro‘yxatdan o‘tkazish – ishlab chiqarishda yaratilgan
buyumning namunasi yoki patentga o‘xshab ketadi.
Ammo patent faoliyatni
himoya qilsa sanoat dizaynini ro‘yxatga olish esa tashqi ko‘rinishni himoya qiladi.
Masalan, kompyuter terminalining yangi dizayni dizaynning ro‘yxatga olinishi
bilan yangi «Rentium-5»-kompyuter esa – patent bilan himoya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: