393
To‘liq amortizatsiyalanmagan asosiy vositalarni tekinga berishdan ko‘rilgan
zarar berilayotgan asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati bilan
jamlangan eskirish o‘rtasidagi, beruvchi taraf to‘laydigan
QQS summasiga
oshirilgan hamda asosiy vositalarni qayta baholash natijalariga (saldoga) tuzatilgan
farq sifatida belgilanadi.
«Elita» MChJda inventarlash jarayonida komissiya tomonidan amalda
korxonaning barcha xodimlari tomonidan foydalaniladigan kseroks (nusxa
ko‘paytirish moslamasi)ning buzilganligi aniqlandi.
Komissiya kseroksning
buzilganligi va keyinchalik foydalanish uchun uni tiklash maqsadga muvofiq
emasligi to‘g‘risida dalolatnoma tuzdi. Buzilishning aybdorlari aniqlanmadi.
Kseroksning boshlang‘ich qiymati 1200 ming so‘mni,
hisoblangan amortizatsiya
summasi 960 ming so‘mni tashkil qiladi. 8510-hisobvaraqning kreditidagi saldo -
100 ming so‘m.
Asosiy vositalarni tugatish to‘g‘risidagi dalolatnoma (AV-4-son shakl) va
transport vositalarini tugatish to‘g‘risidagi dalolatnoma (AV-4a-son shakl) ikki
nusxada
tuziladi, korxona, tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya
a’zolari tomonidan
imzolanadi va korxona, tashkilot rahbari tomonidan
tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: