Дарслик мбх doc
Kumulyativ usulda amortizatsiya hisoblash
Download 356.05 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MAVZU ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI (1)
Kumulyativ usulda amortizatsiya hisoblash Amortizatsiya ajratmalari yillari Amortizatsi- lanadigan qiymat Yillik amortizatsiya summasi Jamg‘arilgan amortizatsiya 1-yil 60 000 000 (5/15 x 60 000 000) = 20 000 000 20 000 000 2-yil 60 000 000 (4/15 x 60 000 000) = 16 000 000 36 000 000 3-yil 60 000 000 (3/15 x 60 000 000) = 12 000 000 48 000 000 4-yil 60 000 000 (2/15 x 60 000 000) = 8000 000 56 000 000 5-yil 60 000 000 (1/15 x 60 000 000) = 4000 000 60 000 000 Yillar summasi usulida (kumulyativ usulda) amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalar obyektining tugatish qiymati ayirilgan holda boshlang‘ich (tiklash) qiymatidan hamda suratida obyektni foydali ishlatish muddatining oxiriga qadar qoladigan yillar soni, maxrajida esa - obyektni foydali ishlatish muddati yillari soni summasining nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Soliq solish maqsadlari uchun amortizatsiyaniO‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 144-moddasida belgilanganidan pastroq va soliq to‘lovchining hisob siyosatida mustahkamlab qo‘yilgan me’yorlar bo‘yicha hisoblashga yo‘l qo‘yiladi. Soliq solinadigan foydaning to‘liq hisoblanmagan amortizatsiya summasiga soliq solish maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 144-moddasida nazarda tutilgan me’yorlarga zid ravishda qayta hisoblash amalga oshirilmaydi. 11.7. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishni aks ettirish tartibi Asosiy vositalar zarur hollarda bir korxonaning ichida bir tarkibiy bo‘linmadan boshqa bir tarkibiy bo‘linmaga o‘tkaziladi, shuningdek har xil sabablarga ko‘ra boshqa korxonalarga chiqib ketadi. Asosiy vositalar obyektlari korxonaning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida o‘zaro biridan ikkinchisiga o‘tkazilishi asosiy vositalar obyektlarining chiqib ketishi deb tan olinmaydi va buxgalteriya yozuvlari amalga oshirilmaydi, analitik hisob kartotekasida inventar kartochkasi obyekt joylashgan tarkibiy bo‘linmadan berilgan bo‘linmaga olib qo‘yiladi. Shuningdek asosiy vositalar obyektlarini berish PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 387 bo‘yicha operatsiyalar chiqib ketish deb tan olinmaydigan hollarga quyidagilar kiradi: 74 - garovga berish; - korxonaning sho‘balariga, vakolatxonalariga, bo‘linmalariga va boshqa ajratilgan (yoki ajratilmagan) tarkibiy bo‘linmalariga berish; - mulkni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq ishonchli boshqaruvchilarga berish; - birgalikda amalga oshiriladigan faoliyat shartnomasiga ishtirokchining ulushi sifatida kiritish. Ushbu shartnomaga muvofiq operatsiyalar birgalikda amalaga oshiriladi va aktivlar birgalikda foydalaniladi; - operativ ijara shartnomasi bo‘yicha berish; - korxona rahbariyatining tegishli ko‘rsatmasiga asosan bir tarkibiy bo‘linma tomonidan boshqa tarkibiy bo‘linmaga berish; - aktivga egalik qilish huquqini bermaslik bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar. Agar asosiy vositalar mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yohud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirishda har doim foydalanilmasa, me’yorlarda belgilangan foydalanish muddatidan oldin eskirsa, shuningdek ularni ta’mirlash yoki modernizatsiya qilish maqsadga muvofiq bo‘lmasa va boshqa sabablarga ko‘ra korxona ularni hisobdan chiqaradi. Chiqib ketayotgan asosiy vositalar obyektlarining qiymati balansdan chiqariladi. Asosiy vositalar quyidagilar natijasida korxona balansidan chiqariladi: - tugatilishi; - sotilishi; - ayirboshlash (almashtirilishi); - bepul (tekinga) berilishi; - ustav kapitaliga ta’sischining ulushi ko‘rinishida berilishi; 74 Ortiqov A. va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlariga sharhlar to‘plami. T.: Norma. 2010. 348-b PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 388 - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilishi. Asosiy vositalar operativ ijara sharnomasi bo‘yicha berilganda asosiy vositalarni balansdan chiqarish amalga oshirilmaydi; - kamomad yoki yo‘qotishlar aniqlanishi; - yuridik shaxs ta’sischilari tarkibidan ta’sischining chiqishida asosiy vositalar bilan hisob-kitob qilinishi. Asosiy vositalar obyektlarining chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan daromaddan ularning qoldiq (balans) qiymatini, asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan bilvosita soliqlar va xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi. Asosiy vositalar obyektlarining chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) 9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyotida aniqlanadi. Asosiy vositalarning chiqib ketishidan moliyaviy natijani (foyda yoki zararni) aniqlashda oldingi qayta baholashlardan hosil bo‘lgan asosiy vosita obyektlari qiymati oshishi summasining qoldig‘i, ya’ni ushbu asosiy vosita obyektining qayta baholashlar natijasida bahosining oshgan summasi bahosining pasaygan summasidan oshgan qismi asosiy vositalarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotning kreditiga olib borilib, bir vaqtning o‘zida 8510 «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotini kamaytiradi. Korxonaning asosiy vositalari qiymatini amaldagi narxlar darajasiga muvofiq keltirish maqsadida ularni qayta baholash amalga oshiriladi. Asosiy vositalarni qayta baholash deganda asosiy vositalar obyektlarining tiklash qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga moslash maqsadida ularni vaqti- vaqti bilan aniqlashtirish tushuniladi. Amaliyotda asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarorlari bo‘yicha qayta baholanishi (shu jumladan vaqti-vaqti bilan) mumkin. 75 Asosiy vositalarning to‘liq tiklash qiymati, tashkilotning xohishiga qarab, alohida obyektlar qiymatini baholanayotgan obyektlarga aynan o‘xshash yangi 75 Ortiqov A. va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlariga sharhlar to‘plami. T.: Norma. 2010. 298-b PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 389 obyektlarga doir hujjatlarga asoslanib tasdiqlangan va qayta baholash o‘tkazilayotgan yilning 1-yanvar sanasida shakllangan bozor narxlari bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri qayta hisoblash yo‘li bilan (to‘g‘ridan to‘g‘ri qayta baholash usuli) yoki asosiy fondlar turi bo‘yicha va ularning xarid qilinganlik davriga bog‘liq bo‘lgan asosiy fondlar qiymati o‘zgarishining tabaqalashtirilgan indekslarini qo‘llagan holda alohida obyektlarning dastlabki (tiklash) qiymatini indekslash yo‘li bilan (indeks usuli) asosiy vositalarning to‘liq tiklash qiymati belgilanadi. Indekslash yo‘li bilan asosiy vositalarni qayta baholashda, buxgalteriya hisobida qayta baholashni o‘tkazish sanasidagi holat bo‘yicha qayd etilgan asosiy vositalar (shu jumladan ularga doir eskirish to‘la hisoblab yozilgan obyektlar)ning eskirish summasi ularni tiklanish qiymatiga qayta hisoblashda asosiy vositalar qiymatini o‘zgartirishning tegishli indekslariga ko‘paytirilishi kerak. Asosiy vositalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri qayta baholash usuli bilan qayta baholashda buxgalteriya hisobida qayd etilgan eskirish summasi qayta baholashdan keyingi tiklanish qiymatining qayta baholashgacha bo‘lgan qiymatga nisbati bilan hisoblab chiqariladigan qayta hisoblash koeffitsiyenti bo‘yicha indekslanishi kerak. Qayta baholash natijasida asosiy vositalar obyektini qo‘shimcha baholash summasi rezerv kapitali tarkibidagi 8510 «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotiga hisobga kiritiladi. Qayta baholash natijasida asosiy vositalar obyekti narxining arzonlashgan (kamaygan) summasi avvalgi hisobot davrlarida o‘tkazilgan ushbu obyektni qo‘shimcha baholash summalari doirasida 8510 «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotiga rezerv kapitalining kamayishiga kiritiladi. Asosiy vosita bo‘yicha avvalgi qayta baholash (qo‘shimcha baholash) summasidan oshgan narxini arzonlashgan (kamaygan) summasi xarajat sifatida tan olinadi va 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotida aks ettiriladi. Asosiy vositalarni buzish va qismlarga ajratish natijasida olingan va boshqa asosiy vositalarni ta’mirlashga yaroqli bo‘lgan qismlar, detallar, materiallar, rangli va qimmatbaho metallar tegishli schyotlarga kirim qilinadi va ular asosiy PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 390 vositalarni tugatish komissiyasi o‘rnatgan foydalanish mumkin bo‘lgan baholarda hisobga olinadi. Yaroqsiz deb topilgan qismlar, detallar, materiallar, rangli va qimmatbaho metallar ikkilamchi xomashyo (metallolom, chiqindi, o‘tin va hokazo) sifatida kirim qilinadi va qonunchilikda belgilangan tartibda korxona yoki tashkilotning xohishi bo‘yicha foydalaniladi. Asosiy vositalarning sotilishi munosabati bilan chiqib ketishi buxgalteriya hisobida O‘zR AV tomonidan 2004-yil 29-avgustda 1401-son bilan ro‘yxatga olingan «Asosiy vositalarni balansdan hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risida»gi nizom va 21-son BHMSga muvofiq aks ettiriladi. Asosiy vositalar obyektlari qiymatini hisobdan chiqarish buxgalteriya hisobida 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» hisobvarag‘ida aks ettiriladi. Bunda yozuvlar yoyilgan tarzda amalga oshiriladi: - 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» hisobvarag‘ining debetida asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqda hisobga olinadigan obyektning boshlang‘ich qiymati, shuningdek asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar aks ettiriladi. Dastlab ular yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqda jamlanishi mumkin; - 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» hisobvarag‘i kreditida - hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi, asosiy vositalar obyektlarini sotishdan tushgan tushum summasi aks ettiriladi. Download 356.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling