Дарслик мбх doc


 Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzish


Download 207.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/16
Sana26.01.2023
Hajmi207.7 Kb.
#1129482
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
18- MAVZU HISOBOTLARNI TUZISH VA TAQDIM ETISH

 
18.7. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzish 
Xususiy kapital buxgalteriya hisobining muhim fundamental tamoyillaridan 
biri bo‘lgan ikki yoqlama yozuv tamoyiliga asoslanildi. Buning zamirida quyidagi 
tenglik yotadi: 
Aktiv=Xususiy kapital+Majburiyatlar 
Bu tenglikdan ko‘rinib turibdiki, xususiy kapital har bir kichik 
tadbirkorliksubyektlari faoliyatining mulkiy va moliyaviy holatini ifodalaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997-yil 15-yanvaridagi 5-
sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan moliyaviy hisobotning 5-shaklda xususiy 
kapitalning tuzilmasi quyidagilardan iboratdir, deb ko‘rsatilgan: ustav kapitali
qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, xususiy kapital bilan 
qoplanmagan zarar. 
Xususiy kapital deganda kichik tadbirkorliksubyektiga tegishli bo‘lgan 
mulkning qiymati tushuniladi. Bu kapital jami kapital bilan qarzga olingan 
kapitalning o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin, ya’ni
Kx=Kj-Kq. 
Bunda, Kx-xususiy kapital, Kj-jami kapital, Kq-qarzga olingan kapital. 
Xususiy kapitalni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularni bir qancha 
belgilari bo‘yicha tasniflashni taqozo qiladi. Aksariyat olimlar xususiy kapitalni 
tasniflash belgilari sifatida ularning turlarini, xizmat muddatlarini, tashkil etish 
manbalarini olish zarurdeb hisoblaydilar. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


710 
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzish maqsadi bo‘lib, xususiy 
kapitalning hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan holati va hisobot davri 
mobaynida uning tarkibidagi o‘zgartirishlar haqidagi axborotni ochib berish 
hisoblanadi. 
Xususiy kapital tushunchasi O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya 
hisobi 
to‘g‘risida»gi 
qonuni 
(O‘zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
Majlisi 
Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-m.), O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan 1998-yil 26-iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan (ro‘yxat 
raqami 475, 1998-yil 14-avgust, Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y, 5-son) 
Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish uchun kontseptual asos va 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 26-iyulda 17-
07/85-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining «Hisob siyosati va 
moliyaviy hisobotlar» Buxgalteriya hisobi milliy standarti (1-son BHMS)da 
(ro‘yxat raqami 474-son 1998-yil 14-avgust, Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 
1999-yil, 5-son) keltirilgan. 
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotning manzillar qismida hisobot sanasi
kichik tadbirkorliksubyektining nomi, tarmog‘i, mulkchilik shakli, tashkiliy-
huquqiy shakli va to‘liq yuridik manzili, uning tasarrufida mazkur kichik 
tadbirkorliksubyekti bo‘lgan organning nomi, xususiy kapital to‘g‘risidagi 
hisobotning tayyorlanishi chog‘ida foydalanilgan o‘lchov birligi ko‘rsatilishi 
kerak.
Hisobotda xususiy kapital va uning tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi, ustav 
kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan 
zarar) sotib olingan o‘z aktsiyalari va boshqa xususiy kapital elementlari haqidagi 
axborot ochib berilishi kerak. 
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot 
davri boshiga va oxiriga bo‘lgan tegishli axborotni ochib berishi kerak. 
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotda ma’lumotlarni aks ettirishda ularning 
yil boshidagi qoldig‘i 010-satrda keltiriladi. 
020-satrda qimmatli qog‘ozlarning emissiyasi haqida ma’lumot beriladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


711 
«Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash» moddasi (030-satr)da 
korxonadagi uzoq muddatli aktivlarni qayta baholanishi natijasidagi xususiy 
kapitalining, ya’ni rezerv kapitalining oshishi aks ettiriladi. 
Ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo‘lgan valyuta kursi farqlari 
haqidagi ma’lumot esa, 040-satrda o‘z aksini topadi. 
«Rezerv kapitaliga ajratmalar» moddasi (050-satr) da hisobot yilida rezerv 
kapitalining hajmini oshirish maqsadida amalga oshirilgan ajratmalarning miqdori 
ko‘rsatiladi. 
Hisobot yilidagi taqsimlanmagan foyda (zarar) ning holati haqidagi 
ma’lumotni «Xususiy kapital to‘g‘risida»gi hisobotning «Joriy yilning 
taqsimlanmagan foydasi (zarari)» moddasi (060-satr)da ko‘rish mumkin bo‘ladi. 
Korxona xususiy kapitalining bepul olingan mol-mulk hisobiga ko‘payishi 
bilan bog‘liq ko‘rsatkich esa, «Tekinga olingan mol-mulk» modda (070-satr) da 
aks ettiriladi. 
«Maqsadli foydalanish uchun olingan mablag‘lar» (080-satr) moddasida 
korxonaning hisobot yilidagi maqsadli tushumlarining miqdori haqidagi ma’lumot 
keltiriladi. 
Korxonaning taqsimlanmagan foydasi hisobidan hisobot yilida to‘langan 
dividendlarining miqdori «To‘langan dividendlar» moddasi (090-satr)da 
ko‘rsatiladi. 
Korxonaning xususiy kapital shakllanishining boshqa manbalari haqidagi 
ma’lumotlar shu nom bilan ataluvchi modda (100-satr)da keltirib o‘tiladi. 
Xususiy kapitalning turlari bo‘yicha yil oxiriga qoldig‘i 110-satrida 
keltiriladi. 
Korxona xususiy kapitalining hisobot yilidagi ko‘payishi (+) yoki kamayishi 
(-) 120-satrda aks ettiriladi. 
5-shakldagi hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha 
axborot sifatida yana quyidagilarning holati haqida ham ko‘rsatkichlar keltirib 
o‘tiladi: 

Chiqarilgan aktsiyalar soni, (dona). Shu jumladan: imtiyozli, oddiy; 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


712 

Aktsiyaning nominal qiymati; 

Muomaladagi aktsiyalar soni, (dona). Shu jumladan: imtiyozli, oddiy. 
«Xususiy kapital to‘g‘risida»gi hisobot shaklini korxona rahbari, bosh 
buxgalter imzolari bilan tasdiqlaydilar. 

Download 207.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling