Дарслик мбх doc
Moliyaviy faoliyat jarayonida sodir bo‘lgan pul mablag‘larining
Download 207.7 Kb. Pdf ko'rish
|
18- MAVZU HISOBOTLARNI TUZISH VA TAQDIM ETISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Operatsion faoliyatdan pul mablag‘larining harakati.
Moliyaviy faoliyat jarayonida sodir bo‘lgan pul mablag‘larining harakatlari Pul mablag‘larining oqib kelishi Pul mablag‘larining oqib ketishi Aktsiyalarning chiqarishdan kelgan pul mablag‘lari Sotib olingan xususiy aktsiyalar uchun to‘lovlar Qarz mablag‘laridan kelgan tushum (chiqarilgan veksellar, obligatsiyalar, garovlar va boshqa qisqa va uzoq muddatli qarzlar) Qarzlarning to‘lanishi (operatsion faoliyatning qarzlar bo‘yicha foizlardan tashqari) Aktsionerlarga dividendlarning to‘lanishi va kapitalning boshqa turda taqsimlanishi Moliyaviy ijara bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlar. Investitsion va moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq pulsiz muomalalar. Faqat asosiy vositalarga, uzoq muddatli kreditlarga yoki aktsionerlik kapitaliga tegishli bo‘lgan investitsion va moliyaviy xarakterdagi pulsiz muomalalarga uzoq muddatli kreditlar hisobiga asosiy vositalarni sotib olish, kreditorlik qarzning kreditorlarga qo‘shimcha aktsiyalarni berish va chiqarish orqali to‘lash va boshqalar kiradi. Operatsion faoliyatdan pul mablag‘larining harakati.Operatsion faoliyatdan pul oqimlari «Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda» quyidagilarni PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 704 qo‘llash bilan aks ettirilishi mumkin: a) to‘g‘ri usul, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotining har bir moddasini o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. To‘g‘ri usul kelgusidagi pul oqimlarini aniqlashda kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan axborot bilan ta’minlaydi; b) egri usul, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni har bir moddasini o‘zgartirishni talab etmaydi. Egri usul qo‘llanilganda, operatsion faoliyat natijasida vujudga keladigan, shuningdek investitsion va moliyaviy faoliyatdan pul mablag‘lari harakati bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar va xarajatlar moddalari pulsiz muomalalar, har qanday muddatni uzaytirishlar, o‘tgan va kelgusi hisobot davrlari uchun kirimlar va chiqimlar yordamidagi ta’sirni aks ettirish uchun sof foyda va zarar miqdori butunlay tuzatiladi. To‘g‘ri usul. To‘g‘ri usul qo‘llanilganida, asosiy yalpi tushum va pul mablag‘larining yalpi to‘lovi to‘g‘risidagi ma’lumot quyidagilardan olinishi mumkin: 1) hisob registrlaridan; 2) sotishdan olingan daromadni, sotishning tannarxi va quyidagilar hisobga olingan holda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning boshqa moddalarini tuzatish orqali: a) hisobot davri davomida TMZdagi, debitorlik va kreditorlik qarzlardagi o‘zgarishlar; b) pulsiz moddalar; s) natijalari pul mablag‘larining harakatiga ta’siri ko‘proq investitsion va moliyaviy faoliyatga tegishli bo‘lgan boshqa moddalarni (berilgan yoki olingan kreditlar bo‘yicha foizlar va boshqalar). Egri usul. Egri usul qo‘llanilganda, operatsion faoliyat natijasida pul mablag‘larining harakati, quyidagilarni hisobga olgan holda sof foyda yoki zararni tuzatish orqali aniqlanadi: • hisobot davrida sodir bo‘lgan operatsion faoliyatdan debitorlik va kreditorlik qarzlarda tovar moddiy boyliklarda o‘zgarishlarni; • eskirish, zaxiralar, muddati uzaytirilgan soliqlar, chet el valyutasining PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 705 milliy valyutaga almashtirishdagi sotilmay qolgan tushumlar va zararlar, uyushgan kompaniyalarda taqsimlanmagan foyda va aktsiyalarning ba’zi paketlari kabi pulsiz moddalarni; • natijalari pul oqimlariga ta’sir etadigan investitsion va moliyaviy faoliyatga tegishli boshqa barcha moddalarni (asosiy vositalarning sotishdan tushumlar, zararlar va boshqalar). To‘g‘ri va egri usullarining qo‘llanilishi bir natijaga olib keladi va buxgalteriya hisobining xalqaro standarti bo‘yicha qo‘mita ikki usulni ham tan oladi, ammo to‘g‘ri usulni qo‘llanishni tavsiya qiladi. To‘g‘ri va egri usullarning qo‘llanish bilan tuzilgan pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotlari orasidagi farq, faqat operatsion faoliyat natijasidagi pul oqimlarini aks ettirgan bo‘limida o‘z aksini topadi. Download 207.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling