Дарслик мбх doc
Investitsion va moliyaviy faoliyatdan pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot
Download 207.7 Kb. Pdf ko'rish
|
18- MAVZU HISOBOTLARNI TUZISH VA TAQDIM ETISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul mablag‘larining chet el valyutasidagi harakati.
- Favquloddagi moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan pul oqimlarining harakati.
- Foizlar va dividendlarni to‘lash va olish bilan bog‘liq pul oqimlari.
Investitsion va moliyaviy faoliyatdan pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot
Subyektlar pul oqimlari netto-asosida (subyektning naqd pulning tushum va to‘lovi orasidagi farq) aks ettirilgan hodisalardan tashqari, investitsion va moliyaviy faoliyatdan kelib chiqadigan asosiy yalpi tushumlar va pul mablag‘larining yalpi to‘lovlari bo‘yicha alohida hisobot beradilar. Pul mablag‘larining chet el valyutasidagi harakati. Chet el valyutasi muomalalaridan kelib chiqadigan Pul oqimlari muomala amalga oshirilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki kursi bo‘yicha milliy valyutada ko‘rsatilishi kerak. Chet el karxona sho‘basining pul oqimlari harakati muomala amalga oshirilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki kursi bo‘yicha milliy valyutaga almashtirilishi kerak. Valyutalarning kursi o‘zgarishlardan kelib chiqadigan realizatsiya qilinmagan foyda va zararlar pul oqimlariga kirmaydi. Favquloddagi moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan pul oqimlarining harakati.Favqulodda moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan pul oqimlari, moddalarning xarakteriga ko‘ra operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatdan vujudga keladigan pul oqimlari sifatida klassifikatsiyalanadi. Favquloddagi moddalarni tushuntirish va ularni hozirgi va kelajakdagi pul oqimlari harakatiga ta’sirini aniqlash uchun, Favquloddagi moddalar bilan bog‘liq pul oqimlar «Pul oqimlari PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 706 to‘g‘risidagi hisobotda» operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatlar bo‘limlarida alohida ko‘rsatiladi. Foizlar va dividendlarni to‘lash va olish bilan bog‘liq pul oqimlari.Foizlar va dividendlar to‘lash va olish bilan bog‘liq bo‘lgan pul mablag‘larining harakati alohida ochib beriladi. Ular subyektning xo‘jalik faoliyati turiga bir hisobot davridan keyingisiga bir maromda operatsion, investitsion yoki moliyaviy faoliyat kabi tasniflanadi. Hisobot davri davomida to‘lanadigan foizlarning umumiy summasi ularni xarajat sifatida moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda tan olinishi yoki olinmasligiga qaramasdan pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda ochib beriladi. Moliyaviy muassasalarda to‘lanadigan foizlar va olinadigan foizlar, hamda dividendlar pul mablag‘larining harakati sifatida klassifikatsiyalanadi. Boshqa korxonalar uchun esa to‘lanadigan foizlar va olinadigan foizlar hamda dividendlarni operatsion faoliyatdan pul oqimlari sifatida tasniflash mumkin,chunki ular sof foyda yoki zararni aniqlashda ishtirok etadilar. Lekin ular moliyaviy va investitsion faoliyatdan pul oqimlari sifatida ham tasniflanishi mumkin. Bunga sabab, ular olingan moliyaviy resurslar uchun to‘lov yoki investitsiyalardan daromad hisoblanadi. Subyektlar «Xodimlarga va xodimlar nomidan to‘langan pul mablag‘lari» moddasida (012 satr) xodimlarga mehnat haqi va mukofot ko‘rinishida, hamda pensiya jamg‘armasiga, bandlik jamg‘armasiga, shaxsiy sug‘urta uchun davlat va nodavlat sug‘urta jamg‘armalariga, daromad solig‘i uchun byudjetga, kasaba uyushmalariga, alimentga, uy-joy jamg‘armasiga, xodimlarga berilgan bank kreditlari uchun xodimlarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun va boshqa xarajatlar uchun g‘aznava bank schyotlaridan xodimlarga va ular nomidan to‘langan pul va unga tenglashtirilgan mablag‘larning miqdorini ko‘rsatadilar. Investitsiya va moliyaviy xizmat ko‘rsatish faoliyati bo‘yicha «olingan foizlar» va «to‘langan foizlar» moddalariga mos ravishda bankdagi schyotlarga, kassaga kelib tushgan va to‘langan foizlarning miqdorlarini ko‘rsatadilar. Olingan va to‘langan foizlar yuzasidan ma’lumotlar 9530 va 9620 schyotlarda olinadi. «Olingan dividendlar» va «To‘langan dividendlar» moddalarida pul va unga PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 707 tenglashtirilgan mablag‘lar ko‘rinishida olingan va to‘langan dividendlarning miqdorlari ko‘rsatiladi. Olingan va to‘langan foizlar bo‘yicha ma’lumotlar tegishli 9420 va 6610 schyotlardan olinadi. «Foydadan to‘langan soliq» moddasida foydadan to‘langan soliqning miqdori ko‘rsatiladi. Bu ma’lumotlar 6410-4510 schyotlardan olinadi. «Boshqa to‘langan soliqlar» moddasida daromad solig‘idan tashqari barcha to‘langan soliqlar, schyotlar va shularga tenglashtirilgan yig‘im va ajratmalar ko‘rsatiladi. Foydadan olinadigan soliqlar va daromad soliqlari bu moddada aks ettirilmaydi. «Nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish» moddasining (040s) chiqim ustunida nomoddiy aktivlarga egalik qilish uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘langan pul mablag‘lari va unga tenglashtirilgan mablag‘larning miqdori ko‘rsatiladi. Subyektlar «Uzoq muddatli moddiy aktivlarni sotib olish va sotish» moddasining (041) «chiqim» ustunida uzoq muddatli moddiy aktivlarni ya’ni, ko‘chmas mulk, bino, jixoz va boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun mol yetkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘lari va unga tenglashtirilgan mablag‘larning miqdorini ko‘rsatadilar. Subyektlar «Xarid qilingan uzoq va qisqa muddatli qo‘yilmalar» moddasining (042s) «kirim» ustunida o‘zining to‘lmagan qimmatbaho qog‘ozlarni, shu bilan birga bank va boshqa yuridik shaxslarning qisqa va uzoq muddatli krediti va qarzlarini sotishdan tushgan tushum ko‘rsatiladi. Mazkur moddada kapitalizatsiya qilinadigan tajriba konstruktorlik ishlariga to‘lovlar ham ko‘rsatiladi. «Aktsiya chiqarishdan kapitalga kelib tushgan daromad» moddasida (050 s) hissadorlarning hisobot davrida aktsiya chiqarishdan kelib tushgan pul mablag‘larining miqdori aks ettiriladi. «Uzoq va qisqa muddatli qarzlarning kelib tushishi» moddasining (051 s) «kirim» ustunida, subyektlar hisobot davrida kelib tushgankreditga va qarzga olgan PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 708 pul mablag‘larini, «chiqim» ustunida kredit va qarzlarning jamg‘arilishini aks ettiradilar. Subyekt«ijara majburiyatlari bo‘yicha tushum va to‘lovlar» moddasining (052 s) «chiqim» ustunida ijaraga beruvchiga to‘langan, «kirim» ustunida ijaradan kelib tushgan ijara haqi, ya’ni pul va unga tenglashtirilgan mablag‘larni ko‘rsatadilar. Subyektlar «Pul mablag‘lari va unga tenglashtirilgan mablag‘larning hisobot yili boshiga holati» moddasida (070 s) hisobot yilining 31-dekabr holatiga pul mablag‘lari schyotlaridagi (5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700) qoldiq va balansning «olingan vositalar» schyotida hisobga olingan qisqa muddatli qimmatbaho qog‘ozlarning miqdorlarini ko‘rsatadilar. «Pul va unga tenglashtirilgan mablag‘larning hisobot davri oxiriga holati» moddasida (020 s) hisobot davrining oxirgi kalendar kuniga pul mablag‘lari schyotlaridagi (5000, 51000. 5500, 5600, 5700, 5800) qoldiq va balansning «olingan vositalar» schyotida hisobga olinadigan qisqa muddatli qimmatbaho qog‘ozlarning miqdorlari ko‘rsatiladi. «Xorij valyutasidagi mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi ma’lumot» bo‘limida subyektning hisobot yilidagi valyuta mablag‘larining harakati ko‘rsatiladi. «Yil boshiga qoldiq» moddasida (90s) subyektning 5200 xorij valyutasi schyotida ko‘rsatiladi. «Jami sarflangan» moddasida (110s) subyekt tomonidan turli maqsadlarda sarflangan umumiy xorij valyutasidagi mablag‘lari aks ettiriladi. Xorij valyutasidagi mablag‘larning sarflanishi 111-116 satrda yoritiladi. 111 satrda «Ishlab chiqarish sarflariga qo‘shilgan xarajatlar» - mahsulotlarni tannarxi va davr xarajatlariga qo‘shilgan xorij valyutasidagi mablag‘lari sarflarining yig‘indisi ko‘rsatiladi; 112 satr «Ishlab chiqarish» rivojlanish xarajatlari» - asosiy vositalarni, jixozlarni sotib olish va boshqa kapitallashtirish xususiyatidagi xarajatlar uchun sarflangan xorij valyutasidagi mablag‘larning yig‘indisi ko‘rsatiladi.; PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 709 113 satr «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lovlar» - xomashyo, material, tovar va boshqa oborot mablag‘larini sotib olishga uzoq muddatli aktivlarni yaratishga sarflangan xorij valyutasidagi mablag‘larning yig‘indisi ko‘rsatiladi. Subyektlar «Hisobot davri oxiriga qoldiq» moddasida (120 s) hisobot davri oxiriga xorij valyutasidagi schyotlari (5200) va g‘aznasidagi (5020) xorij valyutasidagi mablag‘larining qoldiq miqdorini aks ettiradilar. Bu miqdorda 100- 110 satrlar yig‘indisining natijasiga teng bo‘ladi. Download 207.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling