Дарслик мбх doc


 Buxgalteriya hisobotlarini taqdim etish


Download 207.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana26.01.2023
Hajmi207.7 Kb.
#1129482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
18- MAVZU HISOBOTLARNI TUZISH VA TAQDIM ETISH

 
18.3. Buxgalteriya hisobotlarini taqdim etish 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladigan va tegishli organlarga 
topshiriladigan moliyaviy hisobotlar 1 - BHMS bilan tartibga olinadi. Moliyaviy 
hisobotlarda quyidagi axborotlar to‘liq aks ettirilishi kerak: 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


679 
identifikatsiyalangan nomeri va subyektni aniqlab olish uchun zarur bo‘ladigan 
boshqa rekvizitlar; 
1. Xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, 
indentifikatsiyalangan nomeri va subyektni aniqlab olish uchun zarur bo‘ladigan 
boshqa rekvizitlar. 
2. Moliyaviy hisobot bir korxonanikimi yoki bir guruh korxonanikimi. 
3. Hisobot sanasi yoki moliyaviy hisobotlar qaysi davarni o‘z ichiga olishi. 
Topshirilgan hisobot axborotlarini to‘g‘ri tushunish uchun quyidigi 
rekvizitlar keltirilishi lozim; 
1. Moliyaviy hisobotda qo‘llanilgan valyuta turi. 
2. Hisobotda foydalanilgan raqamlarning aniqlik darajasi, masalan, 
keltirilgan raqamlar ming hisobida yoki million hisobida ekanligi va h.k. 
Moliyaviy hisobotning hisobot davri bo‘lib 1-yanvardan 31-dekabrgacha 
bo‘lgan kalendar yil hisoblanadi. 
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi. qonunning 18 - moddasiga binoan agar 
yuridik shaxs 1-oktabrdan qat’i ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, birinchi hisobot yili 
keyingi yilning 31-dekabrda tugaydi. Moliyaviy hisobot qonunchilikda nazarda 
tutilgan hollarda kalendar yilidan tashqari oylik yoki choraklik qilib ham 
topshiriladi. 
Moliyaviy hisobotlar uchun hisobot sanasi bo‘lib hisobot davrining oxirgi 
kuni hisoblanadi. Chunonchi, subyektning yillik buxgalteriya balansi uchun 
hisobot sanasi bo‘lib 31-dekabr hisoblanadi, moliyaviy natijalar, to‘g‘risidagi yilik 
hisobot uchun hisobot davri bo‘lib 1-yanvardan 31-dekabrgacha hisoblanadi. 
Moliyaviy hisobot quyidagi organlarga topshiriladi: 
1. Subyekt 
mulkdorlariga 
(davlat 
mulkini 
boshqarish 
vakolati 
berilganorganlarga, ta’sischilarga, qatnashuvchilarga binoan). 
2. Davlat statistika organlariga. 
3. Qonunchilikka binoan boshqa organlarga. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarini keyingi yilning 15 
fevralidan kechiktirmasdan topshirishlari kerak. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


680 
Bir shaharda joylashgan subyektlar uchun moliyaviy hisobotni topshirgan 
kuni deb uni tegishli joyga haqiqiy taqdim etgan kuni hisoblanadi. Boshqa 
shaharlarda joylashgan subyektlar uchun moliyaviy hisobotni pochta orqali 
jo‘natgan kuni hisoblanadi (bu kun pochta korxonasini qo‘ygan shtampasida 
ma’lum). 
Basharti hisobotni jo‘natgan sana dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, hisobot 
topshirish sanasi dam olish kundan keyingi kunga ko‘chiriladi. 
Choraklik yoki yillik hisobotlarni o‘z vaqtida tuzishni ta’minlash uchun 
buxgalteriya’ning barcha bo‘limlarini ishlarni bajarish muddatlarini ko‘rsatib 
yig‘ma ish grafigi tuziladi. Buxgalteriya hisobi quyida yuritilsa, grafik bilan 
belgilangan muddatlarda jurnal - orderlarning jami chiqariladi, zarur bo‘lsa bir 
registrdagi summa boshqa registrlarga o‘tkaziladi va korrespondentlanuvchi 
schyotlar o‘zaro muqobil tekshiriladi. 
Moliyaviy hisobotga tushuntirishlarning asosiy maqsadi korxonaning 
moliyaviy ahvoli va uning mahsulot, tovar, ish va xizmatlar bozoridagi o‘rni 
to‘g‘risida to‘liqroq axborotlar olish uchun hisobot shakllarining mazmunini 
to‘ldirishdan iborat.
Ushbu vazifani amalga oshirish uchun hisobot davridagi va o‘tgan shu 
davrdagi ko‘rsatkichlar taqqoslanuvchanligi, buxgalteriya balansi (1-shakl) va 
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot(2-shakl)da umumiy summa bilan 
keltirilgan ayrim, eng muhim mulklar va majburiyatlarni turlarining baholash 
uslublarini qo‘llashda yagonalikni ta’minlashdan iborat.
Buxgalteriya hisobini yuritishda u yoki bu qoidalar qo‘llanilishi mumkin 
bo‘lmagan vaqtdagi faktlarni ko‘rsatish va tegishli asoslashlarni tushuntirish xatida 
keltirish zarur. Aks holda bunday qoidalarni qo‘llash ushbu vaziyatni mazkur 
qoidalarni qo‘llashdan bosh tortish deb qaraladi va korxona tomonidan 
buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi amal qilayotgan qonunchilikni buzish deb tan 
olinadi.
Tushuntirish xatining mazmuni korxonaning joriy investitsion va moliyaviy 
faoliyatining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, jumladan korxona ixtiyorida 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


681 
qoladigan 
foydaning 
taqsimlanishi 
yoki 
taqsimlanmasligi 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Hisob siyosatining tovar-moddiy zaxiralarni 
baholash, ularning tayyorlanishi va ishlatilishi, asosiy vositalar va nomoddiy 
aktivlar 
bo‘yicha 
amortizatsiya 
hisoblash 
hamda 
ular 
faol 
qismidan 
foydalanishning 
samaradorligini 
tahlil 
qilish, 
mahsulot 
(ish, 
xizmat) 
realizatsiyasidan olinadigan tushumlarni hisoblash variantlari, yangi mahsulotlarni 
ishlab chiqishga doir turli investitsion loyihalarning rejalashtirilish va amalga 
oshirilishi, uning sifatini yaxshilash va hokazolar bo‘yicha batafsil ma’lumot 
beriladi. 

Download 207.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling