Дарслик мбх doc


Moliyaviy hisobot elementlari


Download 207.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana26.01.2023
Hajmi207.7 Kb.
#1129482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
18- MAVZU HISOBOTLARNI TUZISH VA TAQDIM ETISH

Moliyaviy hisobot elementlari. 
Elementlar 
Xususiyati 
Aktivlar
1. – bu o‘tgan xo‘jalik muomalalari va hodisalari 
natijasida xo‘jalik subyekti tomonidan nazorat 
qilinadigan iqtisodiy resurslar bo‘lib, ular kelajakda 
foyda keltirishi ehtimoliga ega. 
Aktiv 
sifatida 
ko‘rib 
chiqilayotgan 
resurslar quyidagilarga mos bo‘lishi shart: 
a. Kelgusida iqtisodiy foyda keltirishi 
kerak. 
b. Nazorat qilinishi kerak. Egalik huquqiga 
asosan xo‘jalik subyektiga tegishli bo‘lishi 
kerak. 
s. Oldingi xo‘jalik muomalalarini natijalari 
bo‘lishi kerak (ya’ni joriy vaqtda zaxiralar 
sifatida haqiqatdan ham mavjud bo‘lishlari 
kerak, yoki ishlab chiqarishda, yaratishda 
yoki yo‘lda bo‘lishlari kerak). 
2.Majburiyatlar – bu xo‘jalik subyektining o‘tgan 
xo‘jalik muomalalari va hodisalarni amalga 
oshirish natijasidagi majburiyatlar bo‘lib, ularni 
hisob-kitob qilish aktivlarning topshirilishi yoki 
ishlatilishiga, xizmatlarning ko‘rsatilishi, yoki 
boshqa kelgusi iqtisodiy foydaning kamayishiga 
olib kelishi mumkin. 
Ko‘rib 
chiqilayotgan 
majburiyatlar 
quyidagilarga mos bo‘lishlari shart: 
a. Kelgusida iqtisodiy foyda keltirishi 
kerak bo‘lgan aktivlarni o‘tkazishlari 
kerak. 
b. Muqarrar bo‘lishlari kerak. 
s. Oldingi xo‘jalik muomalalardan kelib 
chiqishlari kerak. 
3. Aktsionerlik kapitali /sof aktivlar – bu 
majburiyatlar chiqarib tashlangandan keyingi 
xo‘jalik subyektining aktivlardagi egalik ulushidir. 
Hisobotdagi aktivlardan majburiyatlarni 
chiqarilgandan keyingi qoldiq ulushini 
tashkil qiladi. 
4. Daromadlar – bu subyektning xo‘jalik faoliyatini 
natijasida, odatda, ijara haqi, foizlar, litsenziya 
to‘lovlari va dividendlar shaklida daromad 
keltiradigan faoliyat, ya’ni tovarlarning sotilishi, 
xizmatlarning ko‘rsatilishi yoki boshqa 
shaxslarning xo‘jalik subyektlarining resurslaridan 
foydalanishi natijasida aktivlarning kelib tushishi 
yoki majburiyatlarning kamayishi orqali ro‘y 
beradigan iqtisodiy resurslarning ko‘payishidir. 
Xo‘jalik 
muomalalardan 
olinadigan 
daromadning ikki muhim xususiyati: 
a. Tasodifiy yoki investitsion xo‘jalik 
muomalalari 
natijasida 
emas 
balki 
daromad olishga qaratilgan korxonaning 
asosiy 
faoliyati 
natijasidagi 
xo‘jalik 
muomalalaridan olinadigan daromad. 
b. Daromad olish bo‘yicha asosiy faoliyat 
takrorlanadigan va uzluksiz jarayondir. 
5. Xarajatlar – bu foydani ko‘paytirish maqsadida 
xo‘jalik faoliyatidan kelib chiqadigan aktivlarning 
kamayishi yoki majburiyatlarni o‘z zimmasiga 
olish orqali ro‘y beradigan iqtisodiy resurslarning 
kamayishidir. 
Xarajatlarning muhim xususiyati shundaki, 
ular kompaniyaning dapromad olishi 
jarayoni bilan bir vaqtda amalga oshirilishi 
kerak.
6. Foyda – bu xo‘jalik subyektiga ta’sir etadigan 
asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyat, xodisalar, 
sharoitlar natijasida kapitalning ko‘payishi bo‘lib 
xususiy kapitalga to‘lanadigan badallar bundan 
mustasnodir. 
Xo‘jalik 
muomalalarining 
xususiyati 
shunga shubxa tug‘dirmasligi kerak-ki, bu: 
(1) asosiy faoliyatdan daromad olish 
bo‘yicha xo‘jalik muomalalari va (2) 
Ustav kapitaliga qilinadigan badallar 
bo‘yicha xo‘jalik muomalasidir. 
7. Zararlar – bu asosiy faoliyat va barcha boshqa 
xo‘jalik muomalalari, hodisalar, sharoitlar 
natijasida xususiy kapitalining kamayishi bo‘lib 
xarajatlar yoki xususiy kapitalining taqsimlanishi 
natijasidagi kamayish bundan mustasnodir. 
Xo‘jalik 
muomalalarining 
xususiyati 
shunga shubxa tug‘dirmasligi kerak-ki, bu: 
(1) 
chiqimlar 
bo‘yicha 
xo‘jalik 
muomalalari va (2) kapitalni taqsimlash 
bo‘yicha xo‘jalik muomalasidir. 
 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


670 
Hisobotning har bir shakli va undan foydalanish xo‘jalik mablag‘larini 
hamda ularni qoplash manbalarini tahlil qilishda batafsilroq ko‘rib chiqiladi.
Birinchi uch guruh elementlar (aktivlar, majburiyatlar va aktsionerlik 
kapitali/sofaktivlar) to‘g‘risida – to‘g‘ri balans hisobotiga, keying to‘rt element esa 
(daromadlar, xarajatlar, foyda va zararlar) moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi 
hisobotga tegishlidir. 

Download 207.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling