Дарслик мбх doc
Download 207.7 Kb. Pdf ko'rish
|
18- MAVZU HISOBOTLARNI TUZISH VA TAQDIM ETISH
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot – ikki yoki undan ortiq
korxonalarga tegishli bo‘lgan hisobotlarni yagona hisobot ko‘rinishiga keltirishdir. 146 Konsolidatsiyalash metodologiyasi va texnikasi xalqaro hamda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning milliy standartlarida ishlab chiqilgan va bayon qilingan. Konsolidatsiyalashning maqsadi korporativ guruhga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘g‘risidagi axborotlarni yagona xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida umumlashtirilgan holda taqdim etishdan iborat. Bunda korporativ guruhga kiruvchi har bir mustaqil korxona barcha xo‘jalik muomalalarini amaldagi standartlarga muvofiq hisobga olishi va ularning natijalarini moliyaviy hisobot ko‘rinishida rasmiylashtirishi lozim. Moliyaviy hisobotlarni konsolidatsiyalash XIX asrning o‘rtalarida AQShda, kapitalning kontsentratsiyalashuvi va kompaniyalarning birlashishi natijasida vujudga kelgan. Keyinchalik Yevropa mamlakatlarida ham konsolidatsiyalash masalalariga kirishilgan. Hozirgi vaqtda ikki va undan ortiq korxonalarning birlashishi, xoldinglar, korporatsiyalar va moliya-sanoat guruhlarining tashkil etilishi mamlakatimiz amaliyotida ham keng tus olmoqda. Konsolidatsiyalashning zarurligi uning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi bilan belgilanadi. Agar guruhga kiruvchi korxonalar turli mamlakatlarda joylashgan bo‘lsa, guruhning konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotini tuzishda ularning hisobot ma’lumotlari yagona valyutaga keltiriladi. Guruhga kiruvchi korxonalar bosh kompaniya bilan bitta mamlakatda joylashganda ularning moliyaviy hisobotlarini bitta valyutaga keltirishga ehtiyoj bo‘lmaydi va konsolidatsiyalashning yagona uslublaridan foydalaniladi. Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining 17-moddasi, buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlariga muvofiq tuziladi. Bunda bosh 146 Financial and manageri accounting, 12 e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Janathan 1110 page PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 674 korxonadan ajralib chiqib faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar guruhi uchun umumlashgan moliyaviy moddalarni tuzish va taqdim qilish to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Qonunning mazkur moddasiga muvofiq bir yoki bir necha sho‘ba korxonalar, filiallar va vakolatxonalariga ega bo‘lgan korxonalar umumlashgan moliyaviy hisobot tuzadilar. Ushbu moddaning talablari vazirliklar, idoralar va byudjet tashkilotlarining jamlama moliyaviy hisobotiga nisbatan tatbiq etilmaydi. Umumlashgan moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq tuziladi. Bosh korxonaning sho‘ba korxonalarga qo‘shgan hissalari uning moliyaviy hisobotida moliyaviy qo‘yilma sifatida aks ettiriladi. Yuridik shaxslar o‘z filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalarini, ularning balanslari va hisobot shakllarini belgilangan tartibda tegishli yuridik shaxsning umumlashtirilgan hisobotiga kiritish sharti bilan mustaqil balansga ajratib chiqarishlari mumkin. Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot, agar bosh kompaniya o‘zining barcha sho‘ba korxonalarini yopib, ular faoliyatini boshqarishni bitta yuridik shaxs doirasida amalga oshirsa, kompaniyaning hisoboti qanday bo‘lishini ko‘rsatadi. Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot rahbariyatga va korporativ guruhga kiruvchi korxonalar kuzatuv kengashiga, shuningdek, mavjud va potentsial investorlar, kreditorlar, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar va davlat kabi tashqi axborotdan foydalanuvchilarga ham taqdim etiladi. Shunisi bilan u axborot funksiyasida yopiq bo‘ladi. Axborotlardan tashqi foydalanuvchilar uchun konsolidatsiyalangan hisobot xususiy balanslarning cheklanganliklarini bartaraf etadigan, qo‘shimcha axborot manbai hisoblanadi. Konsolidatsiyalangan hisobot bosh kompaniya uchun o‘z hisobotini o‘ziga xos «kengaytirish» va «to‘ldirish» hisoblanadi. Yuqorida bayon qilinganlarni umumlashtirgan holda shuni ta’kidlash joizki, konsolidatsiyalangan hisobot bir necha xususiyatlarga ega: Ø konsolidatsiyalangan hisobot yuridik mustaqil korxonaning hisoboti hisoblanmaydi. Uning maqsadi korporativ guruh faoliyatining natijalari to‘g‘risida PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 675 umumiy tasavvur shakllantirishdan iborat. U aniq axborot bilan ta’minlash va tahlil uchun yo‘naltirilgan; Ø korporativ guruh a’zolari hisoblangan korxonalar o‘rtasidagi kelishuvlar konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotga kiritilmaydi. Unda faqat aktivlar va majburiyatlar, tashqi kontragentlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar ko‘rsatiladi. Har qanday guruh ichidagi moliya-xo‘jalik operatsiyalari identifikatsiyalanadi va konsolidatsiyalash jarayonida chiqarib tashlanadi (konsolidatsiyalanayotgan hisobotga kiritilmaydi). Konsolidatsiyalash bosh kompaniya tarkibiga kiruvchi kompaniyalar moliyaviy hisobotlarining bir xil nomdagi moddalarini oddiy (arifmetik) jamlash emas. Ø guruhlar hisoboti birlashma tarkibiga kiruvchi har bir kompaniyaning moliyaviy ahvoli va faoliyat natijalari to‘g‘risidagi yig‘ma axborotlarni aks ettiradi. Bu demak, bitta sho‘ba korxonaning foydasi boshqasining zararini «yashirishi», bitta sho‘ba korxonaning mustahkam moliyaviy ahvoli boshqasining potensial to‘lov layoqatini «yashirishi» mumkin; Ø agar guruh biznesning har xil turlari bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalardan iborat bo‘lsa, u holda mazkur guruh bo‘yicha konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot ayrim muhim tafsilotlarni ochib bermasligi mumkin. Guruh faoliyatining har biri segmenti to‘g‘risida qo‘shimcha axborotlar yetishmagan hollarda esa №27 MHXS va EH yettinchi direktivasi bunday ochib berishni talab qiladi. Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotning ushbu xususiyatlari uning guruh faoliyatidagi rolini to‘liq ochib berishga imkon yaratadi. Xususan: Ø guruh to‘g‘risidagi ijobiy fikrlarni qo‘llab-quvvatlash va uning fond bozoridagi mavqeyini mustahkamlash (guruh va guruhdagi boshqa kompaniyalar aktsiyalari kotirovkasining o‘sishi) uchun butun guruh bo‘yicha umumlashgan axborotni taqdim etish; Ø yagona iqtisodiy birlikning moliyaviy ahvolini va xo‘jalik muomalalarini aniqroq tasvirlaydi, ammo alohida moliyaviy hisobotlarining o‘rnini bosmaydi; Ø boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo‘ladi; PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 676 Ø guruh a’zolarining iqtisodiy o‘zaro bog‘liqliligi va o‘zaro ta’sirini tavsiflaydi; Ø ushbu hisobot bosh kompaniyaning valyutasida tuzilganligi sababli bosh kompaniya uchun nazorat funksiyasini ham bajaradi; Ø guruh faoliyatini moliyaviy rejalashtirish va moliyalashtirishga ta’sir ko‘rsatadi va b. Moliyaviy hisobotlarni konsolidatsiyalash zaruriyati eng avvalo axborotdan foydalanuvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot axborotlaridan foydalanuvchilarga aktsiyadorlar, investorlar, kreditorlar, korporativ guruhning boshqaruv xodimlari va davlat boshqaruv organlarini kiritish mumkin. Albatta, konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotdan asosiy foydalanuvchilar aktsiyadorlar bo‘lib hisoblanadi. Bosh kompaniya aktsiyasining egasi uning aktsiyalar paketiga to‘g‘ri keladigan sof aktivlar hajmini baholay olmaydi. Chunki, bosh kompaniya balansi faqat sho‘ba korxonalarga qilingan qo‘yilmalar summasini o‘z ichiga oladi va ushbu qo‘yilmalarning jami real qiymatini va aktsiyadorlarning ulushini aks ettirmaydi. Aktsiyadorlarga esa ular qo‘yilmalarining qiymatini obyektiv aks ettiradigan, bosh kompaniyaga qarashli barcha sho‘ba va tobe’ korxonalar faoliyatining ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan axborotlar zarur. Download 207.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling