Дарслик мбх doc
Pul oqimlari va hamda taqdim etish tartibi
Download 207.7 Kb. Pdf ko'rish
|
18- MAVZU HISOBOTLARNI TUZISH VA TAQDIM ETISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot
18.6. Pul oqimlari va hamda taqdim etish tartibi
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq hisobotliklarga kiritilgan bo‘lib, mazkur moliyaviy hisobot hujjatida pul mablag‘larining harakati nuqtayi nazaridan subyektning mulki bo‘lgan moliyaviy resurslarining o‘zgarishi aks ettiriladi. Bu hisobot yordamida inflyatsiya sharoitida boshqa moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirishda hisoblash uchullaridan foydalanishni e’tiborga olgan holda, subyektning likvidligini obyektiv taqqoslash imkoniyati yaratiladi. Ushbu shakl «Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot» beshta bo‘limdan tashkil topgan: 1. Xo‘jalik faoliyatida pul mablag‘larining harakati. 2. Investitsiya foydasi va moliyaviy xizmat ko‘rsatishdan olingan va to‘langan mablag‘lar. 3. Soliqni to‘lash uchun sarflangan mablag‘lar. 4. Investitsiya faoliyati uchun sarflangan va olingan mablag‘lar. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 701 5. Moliyaviy faoliyatbo‘yicha sarflangan va olingan mablag‘lar. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda pul mablag‘larining harakati nuqtayi nazaridan korxona moliyaviy zaxiralarining o‘zgarishi aks ettiriladi. Korxona joriy xo‘jaligi investitsion va moliyaviy faoliyatda barcha pul mablag‘larining o‘zgarishi, pul va unga tenglashtirilgan mablag‘ qoldiqlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisobot boshi va oxiriga nisbatan o‘rnatish imkonini beradi. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot subyektning operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatining o‘z pul mablag‘lariga ma’lum hisobot davri ichida ta’sirini aks ettiradi, shu davr ichida pul mablag‘larining o‘zgarishini tushuntiradi. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot (shakl 4) 9- sonli BHMS «Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot» asosida tuziladi. Pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotni qo‘llash quyidagilarni aniqlashga yordam beradi: • tashkilotning pul mablag‘larini va ularning ekvivalentlarini topa olish qobiliyatini va tashkilotning shu kabi Pul oqimlarini ishlatishga ehtiyojini aniqlash; • tashkilotning sof aktivlaridagi o‘zgarishlar, uning moliyaviy tuzilishini (uning likvidligini va to‘lov qobiliyati bilan birga) va uning o‘zgarib turgan sharoit va imkoniyatlarga moslashish uchun o‘z vaqtida pul miqdoriga va Pul oqimlariga ta’sir etish qobiliyatini aniqlash; • har xil tashkilotlarning operatsion faoliyatlarini taqqoslash, chunki bu ayni operatsion va xo‘jalik faoliyatining hodisalari uchun har xil hisoblash usullarini qo‘llanishni inkor etadi. Download 207.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling