Дарслик мбх doc
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzish
Download 207.7 Kb. Pdf ko'rish
|
18- MAVZU HISOBOTLARNI TUZISH VA TAQDIM ETISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktiv=Xususiy kapital+Majburiyatlar
18.7. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzish Xususiy kapital buxgalteriya hisobining muhim fundamental tamoyillaridan biri bo‘lgan ikki yoqlama yozuv tamoyiliga asoslanildi. Buning zamirida quyidagi tenglik yotadi: Aktiv=Xususiy kapital+Majburiyatlar Bu tenglikdan ko‘rinib turibdiki, xususiy kapital har bir kichik tadbirkorliksubyektlari faoliyatining mulkiy va moliyaviy holatini ifodalaydi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997-yil 15-yanvaridagi 5- sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan moliyaviy hisobotning 5-shaklda xususiy kapitalning tuzilmasi quyidagilardan iboratdir, deb ko‘rsatilgan: ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar. Xususiy kapital deganda kichik tadbirkorliksubyektiga tegishli bo‘lgan mulkning qiymati tushuniladi. Bu kapital jami kapital bilan qarzga olingan kapitalning o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin, ya’ni Kx=Kj-Kq. Bunda, Kx-xususiy kapital, Kj-jami kapital, Kq-qarzga olingan kapital. Xususiy kapitalni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularni bir qancha belgilari bo‘yicha tasniflashni taqozo qiladi. Aksariyat olimlar xususiy kapitalni tasniflash belgilari sifatida ularning turlarini, xizmat muddatlarini, tashkil etish manbalarini olish zarurdeb hisoblaydilar. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 710 Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzish maqsadi bo‘lib, xususiy kapitalning hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan holati va hisobot davri mobaynida uning tarkibidagi o‘zgartirishlar haqidagi axborotni ochib berish hisoblanadi. Xususiy kapital tushunchasi O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-m.), O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 26-iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan (ro‘yxat raqami 475, 1998-yil 14-avgust, Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y, 5-son) Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish uchun kontseptual asos va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 26-iyulda 17- 07/85-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining «Hisob siyosati va moliyaviy hisobotlar» Buxgalteriya hisobi milliy standarti (1-son BHMS)da (ro‘yxat raqami 474-son 1998-yil 14-avgust, Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 5-son) keltirilgan. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotning manzillar qismida hisobot sanasi, kichik tadbirkorliksubyektining nomi, tarmog‘i, mulkchilik shakli, tashkiliy- huquqiy shakli va to‘liq yuridik manzili, uning tasarrufida mazkur kichik tadbirkorliksubyekti bo‘lgan organning nomi, xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotning tayyorlanishi chog‘ida foydalanilgan o‘lchov birligi ko‘rsatilishi kerak. Hisobotda xususiy kapital va uning tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi, ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) sotib olingan o‘z aktsiyalari va boshqa xususiy kapital elementlari haqidagi axborot ochib berilishi kerak. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan tegishli axborotni ochib berishi kerak. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotda ma’lumotlarni aks ettirishda ularning yil boshidagi qoldig‘i 010-satrda keltiriladi. 020-satrda qimmatli qog‘ozlarning emissiyasi haqida ma’lumot beriladi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 711 «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash» moddasi (030-satr)da korxonadagi uzoq muddatli aktivlarni qayta baholanishi natijasidagi xususiy kapitalining, ya’ni rezerv kapitalining oshishi aks ettiriladi. Ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo‘lgan valyuta kursi farqlari haqidagi ma’lumot esa, 040-satrda o‘z aksini topadi. «Rezerv kapitaliga ajratmalar» moddasi (050-satr) da hisobot yilida rezerv kapitalining hajmini oshirish maqsadida amalga oshirilgan ajratmalarning miqdori ko‘rsatiladi. Hisobot yilidagi taqsimlanmagan foyda (zarar) ning holati haqidagi ma’lumotni «Xususiy kapital to‘g‘risida»gi hisobotning «Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari)» moddasi (060-satr)da ko‘rish mumkin bo‘ladi. Korxona xususiy kapitalining bepul olingan mol-mulk hisobiga ko‘payishi bilan bog‘liq ko‘rsatkich esa, «Tekinga olingan mol-mulk» modda (070-satr) da aks ettiriladi. «Maqsadli foydalanish uchun olingan mablag‘lar» (080-satr) moddasida korxonaning hisobot yilidagi maqsadli tushumlarining miqdori haqidagi ma’lumot keltiriladi. Korxonaning taqsimlanmagan foydasi hisobidan hisobot yilida to‘langan dividendlarining miqdori «To‘langan dividendlar» moddasi (090-satr)da ko‘rsatiladi. Korxonaning xususiy kapital shakllanishining boshqa manbalari haqidagi ma’lumotlar shu nom bilan ataluvchi modda (100-satr)da keltirib o‘tiladi. Xususiy kapitalning turlari bo‘yicha yil oxiriga qoldig‘i 110-satrida keltiriladi. Korxona xususiy kapitalining hisobot yilidagi ko‘payishi (+) yoki kamayishi (-) 120-satrda aks ettiriladi. 5-shakldagi hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha axborot sifatida yana quyidagilarning holati haqida ham ko‘rsatkichlar keltirib o‘tiladi: • Chiqarilgan aktsiyalar soni, (dona). Shu jumladan: imtiyozli, oddiy; PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 712 • Aktsiyaning nominal qiymati; • Muomaladagi aktsiyalar soni, (dona). Shu jumladan: imtiyozli, oddiy. «Xususiy kapital to‘g‘risida»gi hisobot shaklini korxona rahbari, bosh buxgalter imzolari bilan tasdiqlaydilar. Download 207.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling