Дарслик мбх doc
Download 146.54 Kb. Pdf ko'rish
|
13- MAVZU MODDIY, MEHNAT HAQI VA USTAMA XARAJATLAR HISOBI
O‘zgarmas xarajatlar
O‘zgarmas xarajatlar ishlab chiqarish darajasida o‘zgarishlar bo‘lgan taqdirda ham o‘zgarmay qolishi bilan tavsiflanadi. Masalan, bino ijarasi, asosiy vositalarning eskirishi, zavod menejerlariga ish haqi va boshqalar. Biroq, uzoq muddatda o‘zgarmas xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga qarab o‘sishi mumkin. Masalan, mehnat haqi va korxona supervayzerlariga ish haqi kabilar korxona operatsiyalarini oshirish maqsadida qo‘shimcha yollangan supervayzerlar uchun maosh to‘laganda oshib boradi. O‘zgarmas xarajatlar odatda bir birlikni ifodalaydi. Masalan, 2011-yilning Yanvar oyi uchun o‘zgarmas xarajatlar 250 000 va ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori 15000 ga teng. Bundan tashqari, bir birlik mahsulot uchun sarflangan xarajat 16.67 (250000/15000) ga teng. Boshqa tomondan qaraganda, 01.2011 uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar 18000 bo‘lganida, har birlik mahsulot uchun sarflangan xarajat 13.89 (250000/18000) bo‘lardi. Keltirilgan misolga asoslangan holda, biz har birlik mahsulot uchun sarflanadigan xarajat kamayadi agar davr mobaynida ko‘proq mahsulot ishlab chiqarilsa degan xulosaga kelamiz. O‘zgarmas xarajatlar ba’zan o‘tkazma xarajatlar deb ham yuritiladi. Buning sababi, bu xarajatlar aniq bir operatsiyalar uchun asosiy o‘tkazma vazifasini amalga oshiradi. O‘zgarmas xarajatlar qabul qilingan yoki ixtiyoriy ko‘rinishda bo‘lishi ham mumkin. Qabul qilingan o‘zgarmas xarajatlar tabiatan uzoq muddatli va qisqa muddatda foyda kamaysa ham kuchli ta’sirlanmaydi. Masalan, binova asbob- uskunalarning eskirishi, ko‘chmas mulkka soliqlar, yuqori boshqaruv xodimlariga sug‘urta va ish haqilar. Qabul qilingan o‘zgarmas xarajatlarni kamaytirish juda ham mushkul. Asosiy vositalarni sotib olish bilan bog‘liq qarorlar yoki boshqa shu kabi sarf qilinadigan xarajatlar korxonaga jiddiy va hal qiluvchi muammolarni olib kelishi mumkin. Menejerlar barcha imkoniyatlarni va yo‘llarni hisobga olgan 91 Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil“Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 2014; 252 bet. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 471 holda eng optimal variantni tanlab to‘g‘ri qarorlar qabul qilishlari kerak. Menejerlar tanlagan yo‘lini to‘g‘riligiga va ular aniq hisob-kitoblarga asoslangan va ular amaliyotda qo‘llanilgandan so‘ng ijobiy natija berishiga amin bo‘lishlari kerak. Boshqariladigan o‘zgarmas xarajatlar menejerlar tomonidan yillik qabul qilinadigan qat’i belgilangan o‘zgarmas xarajatlar hisoblanadi. Boshqariladigan xarajatlarga misol qilib reklama, izlanish, turli xildagi aloqlar o‘rnatish, boshqaruvni rivojlantirish yoki talabalar uchun amaliyot dasturlarini keltirishimiz mumkin. Qabul qilingan va boshqariladigan o‘zgarmas xarajatlar o‘rtasida bir nechta farqlar mavjud. Birinchidan, boshqariladigan o‘zgarmas xarajatlar qisqa muddatli hisoblanadi. Qabul qilingan xarajatlar esa bir necha yillarni qamrab oladi. Ikkinchidan, boshqariladigan xarajatlar qisqa muddatli bo‘lganligi sababli ulardan ko‘riladigan zarar ham minimal darajada bo‘ladi. Lekin qabul qilingan xarajatlardan ko‘riladigan zararlardan qochib bo‘lmaydi va bu albatta korxona faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Download 146.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling