Дарслик мбх doc


Download 146.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/19
Sana24.12.2022
Hajmi146.54 Kb.
#1056726
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
13- MAVZU MODDIY, MEHNAT HAQI VA USTAMA XARAJATLAR HISOBI

O‘zgaruvchan xarajatlar 
O‘zgaruvchan xarajatlar deganda ishlab chiqarish hajmiga muqobil 
ravishda o‘zgarib boradigan yoki faoliyat darajasiga parallel bo‘lgan xarajatlar 
tushuniladi. Misol uchun, ishlab chiqarilgan mahsulotlar birligi, sotilgan 
mahsulotlar, 
sarflangan 
vaqt, 
bosib 
o‘tilgan 
yo‘l, 
dasturiy 
ta’minot 
kompaniyasining bir xodim tomonidan amalga oshirilgan qo‘ng‘iroqlari yoki 
kasalxonadagi yotoqlar soni va boshqalar. O‘zgaruvchan xarajatlarga eng sodda 
qilib ishlab chiqarish hajmiga bevosita bog‘liq bo‘lgan xomashyo va materiallar, 
xodimlarga ish haqi kabilarni keltirishimiz mumkin. Har birlikka taqqoslaganda 
o‘zgaruvchan xarajat barqaror bo‘ladi. Shuning uchun har bir birlikka ya’ni 
xodimlar soni va ular tomonidan vaqt davomida qancha birlik mahsulot ishlab 
chiqarilgani kabi masalalarni barchasi menejer tomonidan puxta ko‘rib 
chiqilishini nazorat qilinishi talab etiladi. Chunki aynan shu kabi ma’lumotlardan 
kelib chiqib mahsulot narxi belgilanadi. Biroq, barcha o‘zgarmas xarajatlar ham 
bir xil jihatga ega emas. Ba’zi o‘zgaruvchan xarajatlar to‘g‘ri jihatga va ba’zilari 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


472 
esa etapma-etap xarajatlar mavjud.
To‘g‘ri o‘zgaruvchan xarajatlar faoliyat darajasiga qarab to‘g‘ridan to‘g‘ri 
farq qiluvchi xarajat. Misol uchun, material xarajatlari, chunki hisob davri 
mobaynida foydalanilgan materiallar miqdori ishlab chiqarish darajasi 
faoliyatidan farq qiladi. Qolaversa, ishlab chiqarish uchun to‘g‘ridanto‘g‘ri sotib 
olingan, lekin foydalanilmagan materiallar miqdori keyingi davr uchun inventar 
sifatida olib qo‘yiladi. Xodimlarga ish haqi berish ham o‘zgaruvchan xarajat deb 
qaraladi. Lekin bu xarajat turi materiallar xarajati bilan bir xil emas. Xodimlar 
tomonidan yo‘qotilgan vaqtni keyingi davr uchun zaxira va inventar sifatida olib 
qo‘yib bo‘lmaydi. 
92
 
 

Download 146.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling