467
uchun oldindan to‘langan ijara haqi summalari va boshqa shu turdagi xarajatlar.
Kelgusi davr xarajatlarini hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlardan
foydalanish ko‘zda tutilgan: 3110-«Oldindan to‘langan ijara haqi» 3120-
«Oldindan to‘langan xizmat haqi» 3190-«Boshqa bo‘nak xarajatlari».Bu
hisobvaraqlar aktiv bo‘lib, ularning debetida hisobot davrida qilingan va
mahsulot tannarxiga kelgusi hisobot davrlarida qo‘shiladigan
xarajatlar aks
ettiriladi. Hisobvaraqlarning kreditida esa ushbu xarajatlarning hisobdan
chiqarilishi aks ettiriladi.
3110-«Oldindan to‘langan ijara haqi» hisobvarag‘ida
hisobot davrida
kelgusi hisobotdavrlariga tegishli bo‘lgan to‘langan ijara haqlari hisobga olinadi.
3120-«Oldindan to‘langan xizmat haqi» hisobvarag‘ida hisobot davrida
kelgusi hisobotdavriga taalluqli bo‘lgan to‘langan xizmat haqlari hisobga olinadi.
3190-«Boshqa bunak xarajatlari» hisobvarag‘ida yuqoridagi hisobvaraqlarda
hisobgaolinmaydigan boshqa turdagi kelgusi davr xarajatlari hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: