Дарслик мбх doc
Ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shiladigan boshqa xarajatlar
Download 146.54 Kb. Pdf ko'rish
|
13- MAVZU MODDIY, MEHNAT HAQI VA USTAMA XARAJATLAR HISOBI
13.5.Ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shiladigan boshqa xarajatlar
hisobi «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq keyingi xarajat elementi bo‘lmish «Ishlab chiqarish xarakteridagi asosiy fondlar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi»ga quyidagilar kiradi: 1. Belgilangan me’yorga ko‘ra asosiy ishlab chiqarish fondlari balans qiymati asosidahisoblangan to‘la tiklash bo‘yicha amortizatsiya ajratmasi summasi. Bunga amaldagi qonungamuvofiq hisoblangan tezlashtirilgan amortizatsiya ham qo‘shiladi. 2. Uzoq muddatga asosiy vositalarni ijaraga olgan korxona, o‘ziga qarashli asosiyfondlar va ijaraga olingan asosiy fondlar bo‘yicha to‘la tiklash yuzasidan amortizatsiya ajratmasini «Asosiy fondlar amortizatsiyasi» elementida aks ettiradi. Bunday hollarda,ijara bergan korxona ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya hisoblamaydi. 3. 3.Ishlab chiqarish xarakteridagi nomoddiy aktivlar bo‘yicha eskirish har oydaularning dastlabki muddati bo‘yicha hisoblangan eskirish miqdorida tannarxga qo‘shiladi. Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlarga «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq quyidagilar kiradi: 1. Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat qilish bo‘yicha xarajatlar. 2. Ishlab chiqarish jarayoniga taalluqli xizmat safari xarajatlari. 3.Ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilar va ishlab chiqarish aktivlariningmajburiy sug‘urtasi bo‘yicha xarajatlar. 4.Brak hisobiga nobudgarchiliklar. 5.Kafolatlangan ta’mirlash va (mahsulotga kafolatlangan xizmat muddatibelgilangan holda) kafolatlangan xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar. 6.Ichki ishlab chiqarish sabablariga ko‘ra bo‘sh qolingan vaqt bo‘yicha PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 460 nobudgarchilik. 7. Ishlab chiqarishdagi holatlar yuzasidan mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi uchunto‘lanadigan nafaqa. 8. Ishlab chiqarish jarayonida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etadigan xodimlar sog‘lig‘inimuhofaza qilish va dam olishini tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar bilan bog‘liqxarajatlar. 9. Tannarxga qo‘shiladigan va belgilangan tartibda hisoblanadigan byudjetga majburiy to‘lovlar, soliqlar, byudjetdan tashqari maxsus fondlarga ajratmalar. Shunday qilib, ishlab chiqarish bilan bog‘liq hamma xarajatlar mahsulot tannarxiga qo‘shiladi, bu o‘z navbatida buxgalteriya hisobining asosiy vazifasi bajarilishini ta’minlaydi. Download 146.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling