Дарслик мбх doc


 Yaroqsiz mahsulot (ish, xizmat) lar va nobudgarchiliklar


Download 146.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/19
Sana24.12.2022
Hajmi146.54 Kb.
#1056726
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
13- MAVZU MODDIY, MEHNAT HAQI VA USTAMA XARAJATLAR HISOBI

 
13.7. Yaroqsiz mahsulot (ish, xizmat) lar va nobudgarchiliklar,
kelgusi davrxarajatlari hisobi 
Ishlab chiqarishda buxgalteriya’ning asosiy vazifalaridan biri brak hisobiga 
hamda yarimtayyor mahsulot va boshqa moddiy boyliklarning buzilishi
kamomadi natijasida keladigan nobudgarchiliklarni to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida 
aniqlashdan iborat. Brak nobudgarchilik summasi unumsiz xarajatning bir turi 
bo‘lib, u mahsulot tannarxining oshishiga va korxona daromadining kamayishiga 
olib keladi. Brak hisobiga nobudgarchiliklar summasi «Xarajatlar tarkibi 
to‘g‘risida»gi nizomga ko‘ra ishlab chiqarish tannarxining «Ishlab chiqarish 
xarakteridagi boshqa xarajatlar» moddasi tarkibida tannarxga qo‘shiladi. 
Ishlab chiqarishda brak deb, o‘z sifatiga ko‘ra belgilangan standart va 
texnik sharoitlarga to‘g‘ri kelmaydigan detal hamda yarimtayyor mahsulotga 
aytiladi. Ishlab chiqarishda brakka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, bunday mahsulotni qayta 
ishlash uchun qo‘shimcha xarajatlar talab qilinadi yoki undan umuman foydalanish 
imkoniyati bo‘lmay qoladi. Brak ishlab chiqarish o‘z yaroqlilik darajasiga ko‘ra 
ikkiga bo‘linadi: tuzatilishi mumkin bo‘lgan va tuzatilishi mumkin bo‘lmagan 
mahsulotlar. 
Brak topilgan joyiga qarab ikki xil, ya’ni ichki va tashqi brakka bo‘linadi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


466 
Texnik nazorat bo‘limining xodimlari bunday mahsulotlarni akt hujjati bilan 
rasmiylashtiradilar. Brakning kelib chiqish sababi, uning aybdori, aybdoridan 
ushlab qolinadigan mablag‘ va boshqa ma’lumotlar ana shu vaqtda ko‘rsatiladi. 
Tuzatilishi mumkin bo‘lmagan brak bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish 
hisobvarag‘i ma’lumotlari asosida uning haqiqiy tannarxi aniqlanadi. Brak 
mahsulotning haqiqiy tannarxi hamma asosiy xarajatlar va umumishlab 
chiqarish xarajatlari yig‘indisidan tashkil topadi. Brak tannarxiga quyidagi 
provodka tuziladi.

Download 146.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling