Дарслик мбх doc


Download 146.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana24.12.2022
Hajmi146.54 Kb.
#1056726
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
13- MAVZU MODDIY, MEHNAT HAQI VA USTAMA XARAJATLAR HISOBI

O‘zgarmas xarajatlar 
O‘zgarmas xarajatlar ishlab chiqarish darajasida o‘zgarishlar bo‘lgan 
taqdirda ham o‘zgarmay qolishi bilan tavsiflanadi. Masalan, bino ijarasi, asosiy 
vositalarning eskirishi, zavod menejerlariga ish haqi va boshqalar. Biroq, uzoq 
muddatda o‘zgarmas xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga qarab o‘sishi mumkin. 
Masalan, mehnat haqi va korxona supervayzerlariga ish haqi kabilar korxona 
operatsiyalarini oshirish maqsadida qo‘shimcha yollangan supervayzerlar uchun 
maosh to‘laganda oshib boradi.
O‘zgarmas xarajatlar odatda bir birlikni ifodalaydi. Masalan, 2011-yilning 
Yanvar oyi uchun o‘zgarmas xarajatlar 250 000 va ishlab chiqarilgan mahsulotlar 
miqdori 15000 ga teng. Bundan tashqari, bir birlik mahsulot uchun sarflangan 
xarajat 16.67 (250000/15000) ga teng. Boshqa tomondan qaraganda, 01.2011 
uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar 18000 bo‘lganida, har birlik mahsulot 
uchun sarflangan xarajat 13.89 (250000/18000) bo‘lardi. Keltirilgan misolga 
asoslangan holda, biz har birlik mahsulot uchun sarflanadigan xarajat kamayadi 
agar davr mobaynida ko‘proq mahsulot ishlab chiqarilsa degan xulosaga kelamiz.
O‘zgarmas xarajatlar ba’zan o‘tkazma xarajatlar deb ham yuritiladi. 
Buning sababi, bu xarajatlar aniq bir operatsiyalar uchun asosiy o‘tkazma 
vazifasini amalga oshiradi. O‘zgarmas xarajatlar qabul qilingan yoki ixtiyoriy 
ko‘rinishda bo‘lishi ham mumkin. 
Qabul qilingan o‘zgarmas xarajatlar tabiatan uzoq muddatli va qisqa 
muddatda foyda kamaysa ham kuchli ta’sirlanmaydi. Masalan, binova asbob-
uskunalarning eskirishi, ko‘chmas mulkka soliqlar, yuqori boshqaruv xodimlariga 
sug‘urta va ish haqilar. Qabul qilingan o‘zgarmas xarajatlarni kamaytirish juda 
ham mushkul. Asosiy vositalarni sotib olish bilan bog‘liq qarorlar yoki boshqa shu 
kabi sarf qilinadigan xarajatlar korxonaga jiddiy va hal qiluvchi muammolarni 
olib kelishi mumkin. Menejerlar barcha imkoniyatlarni va yo‘llarni hisobga olgan 
91
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil“Fundamentals of business accounting” Oxford university 
Press, 2014; 252 bet. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


471 
holda eng optimal variantni tanlab to‘g‘ri qarorlar qabul qilishlari kerak. 
Menejerlar tanlagan yo‘lini to‘g‘riligiga va ular aniq hisob-kitoblarga asoslangan 
va ular amaliyotda qo‘llanilgandan so‘ng ijobiy natija berishiga amin bo‘lishlari 
kerak.
Boshqariladigan o‘zgarmas xarajatlar menejerlar tomonidan yillik qabul 
qilinadigan qat’i belgilangan o‘zgarmas xarajatlar hisoblanadi. Boshqariladigan 
xarajatlarga misol qilib reklama, izlanish, turli xildagi aloqlar o‘rnatish, 
boshqaruvni rivojlantirish yoki talabalar uchun amaliyot dasturlarini keltirishimiz 
mumkin. Qabul qilingan va boshqariladigan o‘zgarmas xarajatlar o‘rtasida bir 
nechta farqlar mavjud. Birinchidan, boshqariladigan o‘zgarmas xarajatlar qisqa 
muddatli hisoblanadi. Qabul qilingan xarajatlar esa bir necha yillarni qamrab 
oladi. Ikkinchidan, boshqariladigan xarajatlar qisqa muddatli bo‘lganligi sababli 
ulardan ko‘riladigan zarar ham minimal darajada bo‘ladi. Lekin qabul qilingan 
xarajatlardan ko‘riladigan zararlardan qochib bo‘lmaydi va bu albatta korxona 
faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Download 146.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling