Дарслик мбх doc
Download 146.54 Kb. Pdf ko'rish
|
13- MAVZU MODDIY, MEHNAT HAQI VA USTAMA XARAJATLAR HISOBI
O‘zgaruvchan xarajatlar
O‘zgaruvchan xarajatlar deganda ishlab chiqarish hajmiga muqobil ravishda o‘zgarib boradigan yoki faoliyat darajasiga parallel bo‘lgan xarajatlar tushuniladi. Misol uchun, ishlab chiqarilgan mahsulotlar birligi, sotilgan mahsulotlar, sarflangan vaqt, bosib o‘tilgan yo‘l, dasturiy ta’minot kompaniyasining bir xodim tomonidan amalga oshirilgan qo‘ng‘iroqlari yoki kasalxonadagi yotoqlar soni va boshqalar. O‘zgaruvchan xarajatlarga eng sodda qilib ishlab chiqarish hajmiga bevosita bog‘liq bo‘lgan xomashyo va materiallar, xodimlarga ish haqi kabilarni keltirishimiz mumkin. Har birlikka taqqoslaganda o‘zgaruvchan xarajat barqaror bo‘ladi. Shuning uchun har bir birlikka ya’ni xodimlar soni va ular tomonidan vaqt davomida qancha birlik mahsulot ishlab chiqarilgani kabi masalalarni barchasi menejer tomonidan puxta ko‘rib chiqilishini nazorat qilinishi talab etiladi. Chunki aynan shu kabi ma’lumotlardan kelib chiqib mahsulot narxi belgilanadi. Biroq, barcha o‘zgarmas xarajatlar ham bir xil jihatga ega emas. Ba’zi o‘zgaruvchan xarajatlar to‘g‘ri jihatga va ba’zilari PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 472 esa etapma-etap xarajatlar mavjud. To‘g‘ri o‘zgaruvchan xarajatlar faoliyat darajasiga qarab to‘g‘ridan to‘g‘ri farq qiluvchi xarajat. Misol uchun, material xarajatlari, chunki hisob davri mobaynida foydalanilgan materiallar miqdori ishlab chiqarish darajasi faoliyatidan farq qiladi. Qolaversa, ishlab chiqarish uchun to‘g‘ridanto‘g‘ri sotib olingan, lekin foydalanilmagan materiallar miqdori keyingi davr uchun inventar sifatida olib qo‘yiladi. Xodimlarga ish haqi berish ham o‘zgaruvchan xarajat deb qaraladi. Lekin bu xarajat turi materiallar xarajati bilan bir xil emas. Xodimlar tomonidan yo‘qotilgan vaqtni keyingi davr uchun zaxira va inventar sifatida olib qo‘yib bo‘lmaydi. 92 Download 146.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling