Дарслик мбх doc
MAHSULOT XARAJATI VA DAVR XARAJATLARI
Download 146.54 Kb. Pdf ko'rish
|
13- MAVZU MODDIY, MEHNAT HAQI VA USTAMA XARAJATLAR HISOBI
MAHSULOT XARAJATI VA DAVR XARAJATLARI
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlarini yaxshiroq tushunishimiz uchun biz avvalambor xarajatlar klassifikatsiyasini tushunib olishimiz lozim. Ma’qul va aniq narxni belgilash uchun biz mahsulot narxi va davr xarajatlari o‘rtasidagi farqni bilishimiz kerak. Umuman olganda, daromadlar hisobotida xarajatlar qachonki majburiyatlar bajarilgandagina kiritiladi. Masalan, korxona mashina ijarasi uchun oldindan 2 yillik to‘lovni amalga oshirsa, jami miqdor xarajat sifatida to‘lov amalga oshirilgan yil uchun hisobga olinmaydi. Ya’ni, xarajat amalga oshirilgan davrga asoslangan holda xarajat davr mobaynida ikkiga bo‘lib yuboriladi. Sababi shundaki, ikki yil uchun ham mashina ijarasi uchun qilingan xarajat va hosil bo‘lgan daromadga teng foyda olinadi. Mashina ijarasi uchun to‘langan lekin hali xarajat sifatida kiritilmagan xarajat korxona balansida to‘langan bo‘nak sifatida aks ettiriladi. Daromadni shakllantirishda qilingan xarajatlar shu davrda xarajat sifatida tan olinadi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, oxir – oqibatda sotiladigan mahsulotni yaratishga sarflangan xarajat, faqatgina qachonki shu mahsulot sotilgandagina tan olinishi kerak ya’ni foyda hosil 92 Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil“Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 2014; 253 bet. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 473 bo‘lganda yoki daromad olinganda. Aynan shu xarajat mahsulot xarajati deyiladi. Ishlab chiqarish hisobida ishlab chiqarishning jami xarajatlari mahsulot xarajati bo‘lib hisoblanadi. Mahsulot xarajati xarajat sifatida tan olinib, mahsulotlar sotilganda inventar hisobdan sotishdan kelgan daromadga qarshi bo‘ladi. Mahsulot xarajatlari dastlab inventar shaklida hisobga olinganligi sababli ularni ba’zida inventar xarajatlar deb ham yuritiladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mahsulot narxi hisoblangan ishlab chiqarishga to‘g‘ridanto‘g‘ri sarflanadigan material va mehnat haqi xarajatlari bir davr mobaynida sarflanadi lekin tayyor mahsulot sotilmaguncha xarajat sifatida hisobga olinmaydi. Download 146.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling