Дарслик мбх doc
Yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobi
Download 146.54 Kb. Pdf ko'rish
|
13- MAVZU MODDIY, MEHNAT HAQI VA USTAMA XARAJATLAR HISOBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish».
13.6. Yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobi Korxonada asosiy faoliyatning normal davom etishini ta’minlash maqsadida yordamchi ishlab chiqarishlar tashkil etiladi. Yozamchi ishlab chiqarishlarga quyidagilar kiradi: - turli xil energiya, elektroenergiya, gaz va boshqalar bilan xizmat ko‘rsatish; - transport xizmatini ko‘rsatish; - asosiy vositalarni ta’mirlash; - instrumentlar, qurilish detallarini tayyorlash va qurilish materiallarini boyitish; - yog‘och tayyorlash va yog‘och arralash; - qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tuzlash va konservalash. yordamchi ishlab chiqarishlar faoliyatini buxgalteriyada hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan: 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish». Bu hisobvaraq aktiv bo‘lib, debetida yordamchi ishlab chiqarishlar bo‘yicha qilingan xarajatlar, kreditida esa ishlab chiqarishi tugatilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 461 summasi aks ettiriladi. 2310-hisobvaraq debetlanganida quyidagi hisobvaraqlar kreditlanadi: 0211-0299-hisobvaraqlar - yordamchi ishlab chiqarishlarda foydalanilayotgan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasiga; 1010, 1070, 1090-hisobvaraqlar - yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sarflangan material 1610- hisobvaraq - materiallar qiymatidagi farqlar hisobdan chiqarilganida; 2510- hisobvaraq - umumishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi yordamchi ishlab chiqarishlarga o‘tkazilganida; 2610-hisobvaraq - brakdan ko‘rilgan yo‘qotishlar yordamchi ishlab chiqarishlarga o‘tkazilganida; 3110, 3190-hisobvaraqlar - kelgusi davr xarajatlari hisobdan chiqarilganida; 6710 - hisobvaraq - ishchilarga ish haqi hisoblanganida; 6510-6520 - hisobvaraqlar - ijtimoiy sug‘urtaga va davlat maqsadli fondlariga ajratma hisoblanganida; 4730-hisobvaraq moddiy qiymatliklarning kamomadi yordamchi ishlab chiqarishlarga o‘tkazilganida. - Yordamchi ishlab chiqarish tomonidan tayyorlangan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar quyidagi hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi: - yukxatlar - omborga topshirilgan tayyorlangan instrumentlar miqdori ko‘rsatilgan holda; - ta’mirlangan asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi - bajarilgan vatopshirilgan ishlar hajmiga; - marshrut varaqalar - yuk avtomobillari tomonidan tashilgan yuk hajmiga. 2310-hisobvaraq kreditlanganda quyidagi hisobvaraqlar debetlanadi: - 1010, 1070, 1090 - hisobvaraqlar ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlar va ishlab chiqarishdan chiqqan chiqitlar kirimga olinganida; - 2610 - tuzatib bo‘lmaydigan brakning hisobdan chiqishi; - 2810 - hisobvaraq - yordamchi ishlab chiqarishlar mahsulotining omborga kirim qilinishi; - 5910-hisobvaraq - kamomad va nobudgarchiliklarning aks ettirilishi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 462 - 9110, 9130 hisobvaraqlar - chetga jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatiga; - 9210, 9220 - hisobvaraqlar - asosiy vosita va nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatiga; - 9410 - hisobvaraq - mahsulot sotishga ko‘rsatilgan xizmatlar xarajatlarini hisobdan chiqarishga. Yordamchi ishlab chiqarishlar xarajatlari har bir tsex bo‘yicha alohida tuziladigan 12-qaydnomada yuritiladi. - Umumishlab chiqarish xarajatlari - asosiy va yordamchi ishlab chiqarish tsexlarini boshqarish, ularga xizmat ko‘rsatish hamda ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan bog‘liq xarajatlardir. - Hisobvaraqlar rejasiga muvofiq umumishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobi «Umumishlab chiqarish xarajatlari» degan 2510-hisobvaraqda yuritiladi. Mazkur hisobvaraq korxonaning asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlariga xizmat ko‘rsatish xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Xususan, mazkur hisobvaraqda quyidagi xarajatlar aks ettirilishi mumkin: - mashina va uskunalarni saqlash hamda ulardan foydalanish chiqimlari; - ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarini to‘liq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari hamda ularni remont qilish xarajatlari; - ishlab chiqarish mol-mulkini sug‘urta xarajatlari; - ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va saqlash xarajatlari; - ishlab chiqarish binolari, mashina va uskunalar hamda ishlab chiqarishda foydala-niluvchi boshqa ijaraga olinadigan vositalar uchun ijara haqi; - ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishlab chiqaruvchi xodimlarga ishhaqi to‘lash; shunga o‘xshash maqsadlardagi boshqa xarajatlar. - Umumishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish zaxiralari, xodimlarga ish haqi to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar bo‘yicha hisobi yuritiladigan hisobvaraqlarning kredit qismidan olib «Umumishlab chiqarish xarajatlari» nomli 2510-hisobvaraqda aks ettiriladi. «Umumishlab chiqarish xarajatlari» nomli 2510- hisobvaraqda hisobga olinadigan xarajatlar «Asosiy ishlab chiqarishlar» nomli PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 463 2010-hisobvaraq va «Yordamchi ishlab chiqarishlar» nomli 2310-hisobvaraqning debetiga hisobdan chiqariladi. - Yuqorida keltirilgan muomalalar hisobvaraqlar rejasidagi hisobvaraqlar bo‘yicha quyidagicha buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi: - ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishlab chiqaruvchi xodimlarga ishhaqi hisoblanganda: - D-t 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» - 370000 so‘m. - K-t 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» - 370000 so‘m. - umumishlab chiqarish xarajatlari mahsulotlar tannarxiga o‘tkazilganda: D-t 2010-«Asosiy ishlab chiqarishlar»- 200000 so‘m. - K-t2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» - 200000 so‘m. D-t 2310-«Yordamchi ishlab chiqarishlar» - 170000 so‘m. - K-t 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» - 170000 so‘m. - Umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobi alohida yuritiladigan obyektlar o‘rtasida taqsimlash tartibi tegishli me’yoriy hujjatlarda aks ettirilgan - 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» hisobvarag‘ining tahliliy hisobi korxonaning alohida bo‘linmalari va xarajatlar moddalari bo‘yicha yuritiladi. Korxonalarda umumishlab chiqarish xarajatlarini mahsulot tannarxiga to‘g‘ri taqsimlash katta ahamiyatga ega. Agarda, umumishlab chiqarish xarajatlari turli mahsulotlarga taqsimlansa, shunday optimal usullardan foydalanish kerakki, mahsulotlar tannarxini oshirib yubormasin. Xorijiy amaliyotda quyidagi taqsimlash usullaridan foydalaniladi: - bevosita taqsimlash usuli; - qayta taqsimlash usuli; - tenglamalar sistemasi usuli; - ketma-ket taqsimlash usuli. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash usullarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, korxonalar uchun eng maqbul usullar bu - tenglamalar sistemasi va qayta taqsimlash usullaridir. Agarda, bu usullar bilan umumishlab chiqarish PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 464 xarajatlari taqsimlansa, korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hech qaysisining tannarxi oshib yoki kamayib ketmaydi. Bu mahsulotni bozordagi mavqeyini saqlab qolishga yordam beradi. Taqsimot bazasini aniqlash umumishlab chiqarish xarajatlarni taqsim- lashdagi yana bir muammolardan biridir. Umumishlab chiqarish xarajatlari quyidagi taqsimlash bazalariga nisbatan taqsimlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi: - ishlab chiqarish binolari ijara haqi ularning joylashgan maydoniga muvofiq ishlab chiqarishdagi mashina va uskunalar ijara haqi haqiqatda ishlagan ish soatlariga muvofiq: -ishlab chiqarish binolarini yoritish, isitish va saqlash xarajatlari ularning joylashganmaydoniga muvofiq; -ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishlab chiqaruvchi xodimlarga ish haqi xarajatlari hisoblangan ish haqiga mutanosib ravishda; -asosiy ishlab chiqarish vositalarini to‘liq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari hamda ularni remont qilish xarajatlari ularning boshlang‘ich qiymatlariga muvofiq. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash bo‘yicha quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, shakar ishlab chiqarish korxonasida ikkita ishlab chiqarish va bitta ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi bo‘linma mavjud. Ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi bo‘linmada to‘rtta ishchiga 55000 so‘m ish haqi hisoblangan. Birinchi ishlab chiqarish bo‘linmasidagi ishchilarga 300000 so‘m ish haqi hisoblangan, ikkinchisidagi ishchilarga esa 250000 so‘m hisoblangan. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlaymiz: Ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi bo‘linmadagi ishchilarga ish haqi xarajatlar mahsulotlar tannarxiga taqsimlanishi kerak. Bunda, taqsimot bazasi ish haqi hisoblanadi. Taqsimlash bazasi foiz ko‘rsatkichlarda quyidagicha bo‘ladi. 300000: (250000+300000) x100%-55% 250000:(250000+300000)x100%=45% Demak taqsimlanishi lozim bo‘lgan 55000 so‘m yuqoridagi foiz nisbatlarida taqsimlanadi. 55000:100x55%=30250 so‘m 55000:100 x45%=24750 PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 465 so‘m. Birinchi ishlab chiqarish bo‘linmasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxiga 302500 so‘m o‘tkaziladi, ikkinchi ishlab chiqarish bo‘linmasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxiga 247500 so‘m o‘tkaziladi. Umumiy xarajatlar miqdori 550000 (302500+247500) so‘m. Yuqoridagi muomalalar buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi: D-t 2010-«Asosiy ishlab chiqarish»hisobvarag‘i - 302500 so‘m. K-t 2510-«Umumishlab ishlab chiqarish xarajatlari»hisobvarag‘i - 30250 so‘m D-t 2020-«Asosiy ishlab chiqarish»hisobvarag‘i - 247500 so‘m K-t 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari»hisobvarag‘i - 247500 so‘m.Har qanday umumishlab chiqarish xarajatlari o‘zlarining taqsimot bazasiga nisbatan yuqoridagi tartibda taqsimlanadi. Download 146.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling