Дарслик мбх doc
Tugallanmagan ishlab chiqarishni baholash va hisobga olish
Download 146.54 Kb. Pdf ko'rish
|
13- MAVZU MODDIY, MEHNAT HAQI VA USTAMA XARAJATLAR HISOBI
13.8. Tugallanmagan ishlab chiqarishni baholash va hisobga olish Tugallanmagan ishlab chiqarish deb, 100%lik tayyor mahsulot darajasiga kelmagan, tayyor mahsulot tariqasida ko‘rilmaydigan, bundan kelib chiqib xaridorga sotib bo‘lmaydigan mahsulot qismiga aytiladi. Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini va uni tayyor mahsulot darajasiga qanchalik yaqinligini aniqlash buxgalteriya hisobi uchun juda muhimdir. Bu turdagi ishlab chiqarish tarkibiga qayta ishlash jarayonidan o‘tgan xomashyo, material va yarim tayyor mahsulotlar o‘zi tayyor holga keltirilgan, ammo texnika nazorati bo‘limi tomonidan qabul qilinmagan mahsulotlar kiradi. Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini aniqlash uchun mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadigan detal, qism va shu kabilarning harakati hisobini yuritish lozim. Mahsulot ishlab chiqarishning har bir fazasida vaqti-vaqti bilan mavjud tugallanmagan ishlab chiqarishlarni tekshirish, hisob ma’lumotlarini inventarizatsiya ma’lumotlari bilan taqqoslash lozim. Tugallanmagan ishlab PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 468 chiqarish inventarizatsiyasi davomida inventarizatsiya yorliqlari yoki varakalarida faqat buyumlarning haqiqiy soni yoki miqdori ko‘rsatilibgina qolmay, balki ularning tayyorlik darajasi ham ko‘rsatiladi. Bu, o‘z navbatida, tugallanmagan ishlab chiqarishni tayyorlik darajasiga ko‘ra baholashni yengillashtiradi. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i tayyor mahsulotni kalkulyatsiya qilishda qo‘llaniladigan kalkulyatsiyalash moddalari bo‘yicha haqiqiy tannarxda baholanadi. Brak hisobiga nobudgarchilik maxsus asbob-uskunalar va moslamalar qiymatini qoplash, ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, tayyorlash xarajatlari hamda ishlab chiqarishdan tashqari sarflar bundan mustasno. Bu xarajat moddalari faqat tayyor mahsulot tannarxiga kiritiladi. Korxonada tugallanmagan ishlab chiqarishlariga ega bo‘lgan ishlab chiqarishda tayyor mahsulotga tegishli xarajatlarni aniqlash uchun ularni har oyda baholab turish lozim. Bunda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tannarxini aniqlash uchun oy boshiga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlariga oy davomida qilingan xarajatlarni qo‘shib, hisobdan chiqarilgan, qaytarilgan hamda oy oxiriga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari summasini olib tashlash lozim. Shu boisdan ham tugallanmagan ishlab chiqarishlarni to‘g‘ri aniqlash va ularni baholash muhim ahamiyatga ega. Tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatini aniqlash uchun xarajatlarning quyidagi shakldagi umumiy qaydnomasi tuziladi: Demak ushbu jadval orqali tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘ini aniqlashimiz mumkin, ammo bu usul murakkab hisoblanadi. Seriyali ishlab chiqarish tusidagi ko‘pgina korxonalarda tugallanmagan ishlab chiqarish normativ tannarxda baholanadi. Qisqa texnologik tsiklli ayrim sanoat tarmoqdarida (to‘qimachilik oziq-ovqat va boshqalar) tugallanmagan ishlab chiqarish tannarxi Xomashyo va materiallar xarajati bo‘yicha baholanib, qolgan barcha xarajatlar tayyor mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 469 Oy boshiga tugallanm a-gan ishlab chiqarish Oy davomi da qilingan xarajatl ar Jami xarajatl ar Xomashy ova material chiqitlar qiymati Brak mahsulo tqiymati Tugal- lanmagan mahsulot qiymati Boshqa chiqarib tashlashl ar Oy oxiri dagi tugallan- magan ishlab chi- qarish Tovar mahsulotga to‘g‘ri keladigan xarajatlar 1 2 3=1+2 4 5 6 7 8=3-4-5- 9 Ishlab chiqarishning seriyali xiliga mansub korxonalarda tugallanmagan ishlab chiqarish inventarizatsiyasi har chorakda, qator sanoat tarmoqlarida (masalan, to‘qimachilik poyabzal, tikuvchilik) har oyda o‘tkaziladi. Tugallanmagan ishlab chiqarish inventarizatsiyasi davomida inventarizatsiya yorliqlari va varaqalarida faqat buyumlarning haqiqiysoni yoki miqdori ko‘rsatibgina qolmay, balki ularning tayyorgarlik darajasi ham ko‘rsatiladi. Bu, o‘z navbatida, tugallanmagan ishlab chiqarishning tayyorgarlik darajasiga ko‘ra baholanishni yengillashtiradi. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i tayyor mahsulotni kalkulyatsiya qilishda qo‘llaniladigan kalkulyatsiyalash moddalari bo‘yicha haqiqiy tannarxda baholanadi. Brak hisobiga nobudgarchilik maxsus asbob-uskunalar va moslamalar qiymatini qoplash, ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, tayyorlash xarajatlari hamda ishlab chiqarishdan tashqari sarflar bundan mustasnodir. Buxarajatmoddalarifaqattayyormahsulottannarxigaqo‘shiladi. Ishlab chiqarish hisobini tushunish uchun biz xarajatlar dinamikasini aniqroq tushunishimiz lozim. Xarajatlar dinamikasi –bu biznez faoliyatidagi o‘zgarishlarga xarajatlarning ta’sirini o‘rganadi. Faoliyat darajasi to‘lqinlanib turadi va bunga mos ravishda ishlab chiqarish xarajatlari ham oshib yoki kamayib borishi yoki ishlab chiqarish faoliyatiga qarab barqaror bo‘lishi mumkin. Rejalashtirayotgan paytda korxona menejerlari yaxshi qurollangan bo‘lishlari ya’ni, biznesdagi o‘zgarishlar xarajatlarga ta’sirini oldindan bashorat qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishlari kerak. Agar xarajat o‘zgarishi kutilayotgan bo‘lsa, menejer shu xarajat qancha miqdorga teng bo‘lishini aniqlashi lozim. Ikki turdagi PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 470 xarajatlar mavjud: O‘zgaruvchan xarajatlar va O‘zgarmas xarajatlar. 91 Download 146.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling