Hamkorlik pedagogikasi - ta’lim beruvchilar va ta’lim oluvchilarning o’zaro muloqotiga asoslangan shaklda ta’lim berishga yo’naltirilgan tizim.
Inversiv ta’lim — ag’darish, joyini almashtirish; tafakkur tizimini shakllantirish yo’nalishidagi ta’lim.
Innovatsiya — yangilanishni, o’zgarishni amalga joriy etish, kiritish jarayoni va faoliyati.
Intellekt — insonning umuman bilish faoliyati, fikrlash qobiliyati; tushunish, mulohaza, tafakkur.
Ishlab chiqarish - kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek, tayyorgarlik sifati va nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnik jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
Interfaol mashg’ulot - o’qituvchi va ta’lim oluvchilar o’zaro faol ishtirok etadigan mashg’ulot; jarayon hamkorlikda kechadi.
Kasb-muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyati turidir. Kasb -hunar sirlarini egallashga umumiy hamda maxsus ma’lumot, amaliy ish-harakat usullarini o’zlashtirish orqali erishiladi.
Malaka - ongli ravishda amalga oshirilgan faoliyatning tarkibiy qismiga kiruvchi avtomatik tarzda yuz beradigan harakatlardir.
Kichik modul — pedagogik texnologiya tarkibidagi eng kichik birlikni ifodalaydi.
Kognitiv — atrof, inson haqidagi bilim doirasini kengaytirish, differeniiyalovchi tafakkurni shakllantirish, bilish extiyojlarini rivojlantirish ta’limi.
Kreativ — tadkikotchilik xarakteriga ega; ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni jadal (maqsadga yo’naltirilgan) ravishda rivojlantirish ta’limi.
Do'stlaringiz bilan baham: |