Darslik Mutaxassisliklar


Download 1.4 Mb.
bet98/110
Sana08.03.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1251049
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   110
Bog'liq
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .

Abstrakt tafakkur -- narsa va hodisalarning bevosita idrok qilish mumkin bo’lmagan xususiyatlari, o’zaro munosabatlari, qonuniyatlari hakidagi mavhum tushunchalar asosida fikrlash turi.
Abstrakt tushuncha — narsa va hodisalarning mavhum belgi, xususiyat, sifat va o’zaro munosabatlarini aks ettiradigan tushunchalar.
Avtoritar pedagogika — ta’lim-tarbiya jarayoniga rahbarlikda o’qituvchining obro’siga asoslanish, unga ta’lim oluvchilarning ko’r-ko’rona, so’zsiz itoat etishlari.
Avtoritet — shaxsniig boshqalar e’tirof qilgan obro’si, fazilati, boshqalarga nisbatan ta’siri va ular tomonidan kadrlanishi.
Adaptiv mashg’ulot — ta’lim oluvchining tashi muhitga, jamoaga, mehnat vazifalarini bajara olishga moslashuvini ta’minlashga qaratilgan mashg’ulot.
Algoritmlash — pedagogik texnologiya tarkibiy bo’laklari (modullari)ning o’zaro joylashuvini hamda pedagogik texnologiya jarayonlarini amalga oshirish ketma- ketligi tartibi (qoidasi)ni belgilash jarayoni.
Bakalavr, magistr - oliy ta’limning tegishli bosqichiga muvofi dasturlarni muvaffaiyatli o’zlashtirgan shaxslarga beriladigan akademik darajalar.
Bakalavriat - o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negizida oliy ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’yicha fundamental bilimlar beradigan, o’qish muddati to’rt yildan ham bo’lmagan tayanch oliy ta’lim.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling