Davlat va jamiyat - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafolatlari.
Diagnostika — pedagogikaning bo’limi, ta’lim-tarbiya jarayonlarining maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari, natijalarining sifati va samaradorligini, pedagogik xodimlarning kasbiy tayyorliklari, bilim, ko’nikma, malaka va mahoratlarini, ta’lim oluvchilarning bilimlarni o’zlashtirishlari va tarbiyalanganlik darajalarini har tomonlama o’rganish, tahlil qilish asosida xulosalar chiqarish, baholash va yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish bilan shug’ullanadi.
Elektron pochta -o‘zining tezkorligi bilan ajralib turadi va yangidan-yangi axborot xizmatlarini foydalanuvchilarga taklif qiladigan qog‘ozsiz pochta.
Evristik — yo’naltiruvchi savollar berish yo’li bilan o’qitish tizimi; topqirlik, faollikni rivojlantirishga yordam beruvchi ta’lim metodi; o’quv-izlanishli; optimallashtirilgan tafakkurni rivojlantiradi.
Eksklyuziv - g’ayri oddiy, faqat ma’lum bir ob’ektga ta’luqli, o’ziga xos bo’lgan xususiyatlar va boshqa belgilar.
Empirik — hissiy tajriba asosidagi bilimlar va ularning yagona manbaini hissiy tajriba deb tushunish.
Faollik — biror maqsad yo’lida aqliy, jismoniy va boshqa harakatlarni tez va unumli amalga oshirishga intilish.
Fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi soha.
Guruhiy ta’lim — bir o’qituvchi bir necha ta’lim oluvchini o’qitadigan ta’lim shakli. Guruhlar ta’lim oluvchilar soniga qarab: kichik (3—6 ta’lim oluvchi), o’rta (7—15 ta’lim oluvchi), katta (15 dan ortik ta’lim oluvchi) guruhlarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |