Texnologik xarita - o’quv mashg’ulotining yaxlit holatda ko’ra bilish va uni tasvvur etish uchun bo’lajak dars jarayonining loyihalashtirilgan xaritali ko’rinishi;
Trener — ma’lum yo’nalishda ta’lim olish, mashqlar bajarish bo’yicha trening mashg’ulotlarini olib borish (rahbarlik qilish) uchun maxsus tayyorgarlikka ega mutaxassis.
Trening — ma’lum yo’nalishda ta’lim olish, mashqlar bajarish bo’yicha trenerlar tomonidan (rahbarligida) o’tkaziladigan mashg’ulot.
Ta’lim - bilim berish malaka va ko’nikma. hosil qilish jarayoni kishini xayotga, mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir.
Ta’lim tor ma’noda o’qitish tushunchasini anglatadi. Lekin, u faqat turli ta’lim muassasalarida o’qitish jarayoni emas, balki oila, ishlab chiqarish va shu kabi sohalarda ham ma’lumot o’zlashtirish jarayonidir.
O’rganish - axborotdan foydalanish va turli harakatlarni ko’rsatilgan tartibda mustaqil bajarish ko’nikmalarini egallash.
O’rgatish - axborotdan foydalanish va turli harakatlarni bajarish ko’nikmalarining ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirilishini turli vosita va usullarni qo’llab tushuntirish, ko’rsatish va mashqlar orqali amalga oshirish jarayoni.
O’zlashtirish — tushunish, o’rganish orqali axborotning ma’no-mazmuni, undan foydalanish yoki harakatlarni bajarish tartibi to’g’risida bilim va ko’nikmalar hosil bo’lishi.
O‘qitish - ta’lim beruvchining ta’lim oluvchilarga bilim, ko‘nikma va malakalar tizimini berish, ularning bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi faoliyati.
O‘qish - ta’lim oluvchilarning o‘quv fani materialini o‘zlashtirish borasida qiladigan tizimli va ongli mehnati.
Do'stlaringiz bilan baham: |