Darslik Mutaxassisliklar


Download 1.4 Mb.
bet105/110
Sana08.03.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1251049
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
Bog'liq
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .

Modullashtirish — pedagogik texnologiya materiallarini modullarga ajratish jarayoni.
Monitoring — korxona, tashkilot, muassasa holatini har tomonlama baholash va uning faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida maxsus tashkil qilingan tizimli kuzatuv.
Metodika — biror ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, yo’llari majmuasi.
Metodist (uslubchi) — biror o’quv fanini o’qitish yoki tarbiyaviy ishlar metodikasi sohasidagi mutaxassis.
Metodologik metodologiyaga tegishli, nazariy asoslanish.
Metodologiya — bilishning ilmiy metodi haqidagi ta’limot.
Motiv - odamni o’qishga yoki biror harakatlarni bajarishga undovchi turli sabablar yig’indisi.
Nazariy tahlil - pedagogik hodisalarning alohida jihatlari, belgilari xususiyatlari o’ziga xosligini aniqlash va tahlil qilish.
Oliy ma’lumot darajasi - shaxs tomonidan oliy ta’limning muayyan ta’lim dasturini mazkur ma’lumot haqida tegishli davlat hujjati berilgan holda, o’zlashtirishi natijasi.
Oliy ma’lumot haqida davlat hujjati (diplom) - akkreditatsiyadan o’tgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan va ularning oliy ta’limning ta’lim dasturlarini bajarganliklarini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat.
Oliy ta’lim - uzluksiz ta’limning yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi mustaqil turi bo’lib, u oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling