Darslik Mutaxassisliklar
O’qitish sifatini nazorat qilish -
Download 1.4 Mb.
|
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .
O’qitish sifatini nazorat qilish - talabaning bilim saviyasini tekshirish va uning o’quv dasturini o’zlashtirish darajasini aniqlash.
O’qitishning me’yoriy muddati - ta’lim oluvchilar tomonidan ta’lim dasturi o’zlashtirilishi uchun belgilangan muddat. O’quv yili - oliy ta’lim muassasasida bir ta’lim kursini yakunlashga mo’ljallangan o’quv faoliyat davri. O’quv yili ikki kalendar yil bilan belgilanadi, masalan, 2017-2018 o’quv yili. O’quv fanlari bloki - ta’lim dasturining kadrlar tayyorlash jarayonida aniq maqsad va vazifalarga erishish uchun muayyan bilim sohasi yoki faoliyatning o’zlashtirilishini ta’minlaydigan o’quv fanlarini birlashtiruvchi tarkibiy qismi. O’quv rejasi - oliy ta’limning muayyan yo’nalishi yoki mautaxassisligi bo’yicha o’quv faoliyati turlari, o’quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o’rganishning izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan me’yoriy hujjat. O’quv semestri - oliy ta’lim muassasasida o’quv yilining yarmini tashkil etuvchi o’zaro bog’langan fanlarning ma’lum majmuini o’zlashtirishga mo’ljallangan va ular bo’yicha yakuniy nazorat bilan tugallanadigan qismi. O’quv fani - ta’lim muassasasida o’rganish uchun fan, texnika, san’at, ishlab chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan saralab olingan bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimi. O’quv fanining dasturi - ta’lim mazmuni, uning talabalar tomonidan o’zlashtirqilishining eng mabul usullari, axborot manbalari ko’rsatilgan normativ hujjat. O’qitish metodikasi- bu turli usullar tizimi bo’lib, o’quv-didaktik materiallaridan foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun nazariy va amaliy mashg’ulotlar paytida qo’llaniladigan usullar majmuasidir. Uzluksiz ta’lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi. Uslub — biror narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish uchun qo’llash lozim bo’lgan usullar majmuasi. Yo’l (ruscha — priyom) — biror maqsadni amalga oshirish uchun tanlangan harakat turi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling