Darslik Mutaxassisliklar
Modulning nazorat blokini ishlab chiqish
Download 1.4 Mb.
|
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masofaviy ta’lim asosidagi o‘qitishning afzallik va kamchiliklari.
Modulning nazorat blokini ishlab chiqish.
Baholash mezonlari. Baholash mezonlarini ishlab chiqishda faoliyat ob’ekti, bajariladigan faoliyat turi, faoliyat sifati, bajarilgan faoliyatning standartlari ko‘rib chiqiladi. Baholash mezonlarini ishlab chiqishda o‘qitish natijalariga mos holdagi faoliyat turi ishlab chiqilishi lozim. Har bir natijani tekshirish mezonlari 4 yoki 6 tadan oshmasligi tavsiya etiladi. O‘zlashtirish darajasi. O‘zlashtirilganlik darajasini chuqurligini ko‘rsatuvchi mezonlar ishlab yaiqiladi, ba’zi hollarda uni ishlab chimqish shart emas, agar u baholash mezonlarida ko‘rsatilgan bo‘lsa. O‘zlashtirilganlik darajasini isbotlovchi erishilgan natija turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. O‘zlashtirish ob’ekti- tayyorlangan predmet, amaliy topshiriq, og‘zaki yoki yozma javoblar tarzida bo‘lishi mumkin. Modulga kirish nazorati. Modulni o‘rganish uchun zarur bo‘lgan ta’lim va bilimlar tizimini ko‘rsatadi. O‘quv jarayonini davomiyligi. Davomiylik O‘quv soatlari yoki zachyot birliklari ko‘rinishida aks etadi. Baholash. Baholash tizimini ishlab chiqayotganda uning haqqoniyligiga va ishonchli bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim. Yakuniy nazorat alohida o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. Ba’zi modullarda yagona baho ham qo‘yilishi mumkin. Baholash tizimi modulning xarakteridan kelib chiqib tanlanadi. Modulning tushuntirish xati. Ushbu xat taviyalar ko‘rinishida bo‘lib, pedagog shaxsiga yo‘naltirilgan. Unda pedagogga qo‘shimcha tavsiyalar, baholash jarayonini olib borishning yangi imkoniyatlari, qo‘llash mumkin bo‘lgan usullarga tavsif beriladi. Proyekt, portfolio kabi usullardan ham foydalanish mumkin. O ‘quv materiali. O‘quv materiali axborot matnini va didaktik vositalarni o‘zida aks ettiradi. Axborot matnida adabiyotlar, ilovalar va havolalar o‘z aksini topadi. Qaytar aloqani amalga oshirish uchun axborotni ishlab chiqishda joriy nazorat uchun topshiriqlar va ularni ishlab chiqish namunalarini kiritish tavsiya etiladi. Axborot materiali tushunarli , lo‘nda va ko‘rgazmali bo‘lishi lozim. Masofaviy ta’lim asosidagi o‘qitishning afzallik va kamchiliklari. Masofaviy ta’lim - alohida ta’lim shakli bo‘lib, u insonning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Masofaviy ta’limning yana bir afzalligi shundaki, unda o‘quvchi o‘ziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda bilim olishi mumkin. Aynan shunday afzalliklari tufayli ushbu tizim hozirgi kunda dunyoda keng tarqalgan. Masofaviy o‘qitishning maqsadi talabalarning dasturiy bilim, tasavvur va ko‘nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini oshirish - ularni ilmiy fikrlashga o‘rgatish, o‘quv faniga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulot mobaynida faolligini kuchaytirishdan iborat. Bunday faoliyatda masofali o‘qitishning ulushi kattadir. Ma’lumki, masofaviy ta’limda o‘qitish modeli (birlamchi modeli, ikkilamchi modeli, aralash modeli, konsorsium, franchayzing, validatsiya, uzoqlashtirilgan auditoriyalar va loyihalar), texnologiyalar (keys, korrespondentlik ta’limi, radiotelevizion, tarmoqli va mobil ta’lim), kategoriyalar (sinxron va asinxron) asosiy o‘rin tutadi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling