Darslik Mutaxassisliklar


Instrumental kompentensiyalar


Download 1.4 Mb.
bet91/110
Sana08.03.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1251049
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   110
Bog'liq
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .

Instrumental kompentensiyalar:

Komunikativ kompententlik:

  • tanqid va o‘z-o‘zini tanqid qila olish;

  • gruhda faoliyat ko‘rsataolish;-o‘zaro muloqatga kirisha olish;

  • axloqiy qadriyatlarni tan olish;

  • turli xalqlar madaniyatiga xurmat bilan qarash;

  • boshqa yo‘nalishda faoliyat yurituvchi ekspertlar bilan munosabatga kirisha

olish.
Tizimli kompententlik:

  • bilimlarini amalda tizimli ravishda qo‘llay olish;

  • tadqiqot olib borish;

  • yangi o‘aroitga moslashish;

  • ijod qilish;

  • liderlik qobiliyatini o‘stirib borish;

  • individual holda faoliyat yuritish qobiliyati;

  • loyihalarni ishlab chiqish va ularni boshqarish;

  • tadbirkorlik va yangi g‘oyalarni ilgari surish;

  • masuliyatlilik;

  • muvaffaqiyatga erishish motivining rivojlanganligi.

Tanlangan mutaxassislik bo‘yicha umumiy didaktik maqsadlar tasdiqlangan standartda o‘z aksini topgan. Modul dasturini ishlab chiqishda ana shu standart talablariga asoslaniladi.
Modullarni ishlab chiqishda uchta asosiy komponentga e’tibor qaratish
lozim:

  • modul spetsifikatsiyasi.

  • modulning nazorat blokini ishlab chiqish.

  • modulning o‘quv materialini ishlab chiqish.

Modul spetsifikatsiyasi-ana shu modul haqida to‘liq ma’lumotni o‘zida aks ettiradi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
Modulning nomi. Modullarning nomlari mazmunga mos bo‘lishi va qaytarilishlarga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
O‘qitishning maqsadi. Mana shu modulni o‘zlashtirish natijasida qanday faoliyat yuritish imkoni tug‘ilishi, kasbiy tayyorgalikdagi axamiyati yoritib berilishi lozim. Talabaning rejali taraqqiyoti aks ettirilishi maqsadga muvofiq.
O‘qitish natijalari. Modulni o‘rganish natijasida qanday bilimlarni egallashi, qanady ko‘nikma va malakalar shakllantirilishi sanab o‘tiladi. O‘zlashtirish jarayoni tugagandan so‘ng talaba qanday faoliyatni qanday sharoitlarda bajara olishi ko‘rsatiladi. Natijalar uzviy birlikka ega bo‘lib, o‘qitish maqsadlaridan chetga chiqmagan holda shakllantirilishi lozim. Natijalarni tekshirish jarayonida bir necha ko‘nikmalarni egallanishi nazarda tutilishi lozim. Odatda bir modul 3-5 turdagi ko‘nikmani egallashga qaratilgan bo‘lib, uni egallanganligi maqsadga erishilganlik darajasini ko‘rsatadi. Erishiladigan natijalar aniqlashtirilgan maqsadlarni shakllantirish qoidalari asosida shakllantiriladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling