Darslik ташкент Mualliflar jamoasi
O’choqli pnevmoniya bilan og’rigan bemorlarni parvarishi
Download 5.41 Mb.
|
Kitob TKK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simptom. Balg’am
O’choqli pnevmoniya bilan og’rigan bemorlarni parvarishi krupoz pnevmoniyani davolash qoidalari kabi amalga oshiriladi.
1. Qat’iy yotish rejimi. 2. Ko’p miqdorda suyuqlik berish. 3. Kislorodli yostiqdan nafas oldirish. 4. Yotish rejimidagi bemorlarni parvarish qilishda gigienik qoidalar. 5. Xonani yelvizaksiz, tez-tez shamollatib turishi, namlab tozalash. 6. Vitaminli, energetik quvvati yuqori bo’lgan ovqatni oz-ozdan berish. 7. Qo’shimcha vositalar: ko’krak qafasiga xantal kukuni yoki banka qo’yish. Ko’krak qafasida og’riqlarni kamaytirish uchun quyidagi xalq vositasini qo’llash mumkin: turpni qirg’ichda qirib, bir bo’lak dokaga yupqa qavat qilib, ko’krak qafasiga qo’yiladi, avval sochiq so’ngra esa ro’mol bilan yopiladi. Buqilingan kompress terini qizartiradi va issiqlik hissini paydo qiladi. Teri kuyib qolmasligi kuzatib turiladi, 20 daqiqa ushlab, teri yaxshilab artiladi va issiq kiyim kiyiladi. Balg’amli yo’talda bemorga balg’am ko’chiruvchi vositalar beriladi. Bemorda shaxsiy tuflagich bo’lishi zarur, tuflagichning 1/3 qismiga 5 foizli xloramin eritmasi qo’yiladi. Qabziyatda tozalovchi xuqna qilinadi yoki surgi dori beriladi (ayniqsa quyidagi o’tlar samara beradi - sano, itshumurt po’stlog’i, haydovchi to’plam: 1 osh qoshiq o’tga 1 stakan qaynoq suv quyiladi, damlanib, suzgichdan o’tkaziladi va ichiladi). Quyidagilar ichakni yaxshi tozalaydi: 1 stakan qatiqqa 1 osh qoshiq o’simlik moyi qo’shiladi, shuningdek suvda pishirilgan lavlagi (1 ta lavlagi yoki 1/2 stakan xom lavlagining sharbati) kechqurun beriladi. Simptom. Balg’am — yo’talda ajraladigan nafas yo’llari va o’pkadagi kasallik jarayonining mahsuloti. Balg’am ajralishi kasallikdan dalolat beradi. Balg’am miqdori har xil: o’tkir bronxit va o’pka yallig’lanishining boshlang’ich shaklida bemor bir-ikki marta oz-ozdan balg’am tuflasa, o’pkaning yiringli kasalliklarida 1—2 l gacha ajratadi. Odatda, balg’amning hidi bo’lmaydi, o’pkada yiringli jarayon ro’y bersa balg’am chirindi hidli yoki qo’lansa bo’ladi. Balg’amning quyuq-suyukligi, rangi uning tarkibiga bog’liq. O’pka yallig’lanishi, bronxial astma, bronxitning boshlanish davrida rangsiz, tiniq yopishqoq shilimshiqli balg’am ajraladi. Yiringli, suyuq ko’kimtir balg’am o’pkaning yiringli kasalliklarida paydo bo’ladi. Qonli balg’am unga tushgan qonning miqdori va sifatiga ko’ra har xil ko’rinishga ega. Balg’amdagi taram-taram yoki qotib qolgan qon tuberkullyozda, o’pka shishida, bronxlar kengayishida bo’ladi. Zang tusli balg’am o’pkaning krupoz yallig’lanishida, qizil balg’am o’pkaning parchalanayotgan shishlarida, jigarrang yiringli balg’am o’pka yiringlaganda va yiring bog’lagan yaraning parchalanishida bo’ladi. Download 5.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling